Kontent qismiga oʻtish

Kamalak-tv

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
("Kamalak-Tv"dan yoʻnaltirildi)

„KAMALAK-TV“ — Oʻzbekiston Respublikasida aholi va tashkilotlarga telekommunikatsiya xizmati koʻrsatuvchi Oʻzbekiston — Amerika qoʻshma korxonasi. Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan Respublika radioaloqa va televideniye i.ch. birlashmasi (Aloqa vazirligi) va AQSH tomonidan Interneyshnl Tellssll IPK kompaniyasi 1992-yil tashkil qilgan. „K.-TV“ — yuqori sifatli sunʼiy yoʻldosh televideniye tizimi. „K.-TV“ oʻz faoliyatini televideniye xizmatlari koʻrsatishdan boshladi. Amerika tomoni qoʻshma korxonaga efir-kabelli televideniyening zamonaviy texnologiyasi va jihozlari tizimini yetkazib berdi (bu tizim jaqonda MMDS belgisi bilan maʼlum). „K.-TV“ kabel boʻyicha mijozlar (abonentlar) ga 1993-yil 8 ta televizion kanal boʻyicha xizmat koʻrsatgan, 2002-yilda bu koʻrsatkich 20 televizion kanalga yetdi. Bu kanallar boʻyicha sutka mobaynida butun dunyodan oʻzbek, rus, ingliz, nemis, fransuz, koreys va b. tillarda 28 sunʼiy yoʻldosh dasturlari olib koʻrsatiladi. „K.-TV“ olib uzatadigan kanallar orqali esa yangi axborotlar, filmlar, sport musobaqalari, voqealar sodir boʻlayotgan joylardan toʻgʻridan-toʻgʻri koʻrsatuvlar, musiqa dasturlari, iqtisod va siyosatga doir maʼlumotlar, hayvonot va oʻsimlik dunyosi, multfilmlar va b. qiziqarli dasturlar olib koʻrsatiladi. „K.—TV“ tizimiga yakka abonentlar ham, jamoa abonentlar ham, korxonalar ham ulanishi mumkin. Uning abonentlari soni — 30 mingdan ortiq (2002). „K.TV“ orqali uzatiladigan signallar kodlab qoʻyiladi va abonentlar televizorlariga maxsus qurilmalar oʻrnatiladi[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil