Štětí
Štětí | |
---|---|
Shaharcha | |
50°27′10″N 14°22′26″E / 50.45278°N 14.37389°E | |
Mamlakat | Chexiya |
Viloyat | Ústí nad Labem |
Tuman | Litoměřice |
Hukumat | |
• Mayor | Tomáš Ryšánek |
Asos solingan | 1312 |
Maydon | 53.90 km2 (20.81 kv mi) |
Markazi balandligi | 155 m |
Aholisi (2024-01-01) |
8 609 |
Zichligi | auto kishi/km2 |
Pochta indeks(lar)i | 411 08, 411 73 |
|
Štětí – (nemischa: Wegstädtl ) Chexiyaning Ústí nad Labem mintaqasida joylashgan shaharcha. 8600 ga yaqin aholi istiqomat qiladi. U Elba daryosi yon bagʻrida joylashgan. Bu mamlakatdagi eng yirik qogʻoz fabrikasi bilan mashhur sanoat shaharchasi.
Mamuriy qismlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Brocno, Čakovice, Chcebuz, Xněvice, Počeplice, Raduň, Stračí, Újezd va Veseli qishloqlari Štětíning maʼmuriy qismi hisoblanadi.
Joylashuvi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Štětí – Litoměřicedan taxminan 19 kilometr (12 mi) janubiy-sharqida va Pragadan 38 km (24 mi) shimolda. Quyi Ohre past tekisligi va Ralsko togʻlari yon bagʻrida joylashgan. Eng baland joyi dengiz sathidan – 348 m (1,142 ft) balandlikdagi Ujezdsky Shpičák togʻi. Shaharcha Elba daryosining oʻng qirgʻogʻida joylashgan. Shaharcha hududining sharqiy qismi Kokorinsko-Machův qoʻriqxonasi hududida joylashgan.
Yil | Aholi | ±% |
---|---|---|
1869 | 4 855 | — |
1880 | 5 137 | +5.8% |
1890 | 5 056 | −1.6% |
1900 | 4 902 | −3.0% |
1910 | 4 796 | −2.2% |
1921 | 4 969 | +3.6% |
1930 | 4 982 | +0.3% |
1950 | 3 628 | −27.2% |
1961 | 5 724 | +57.8% |
1970 | 7 016 | +22.6% |
1980 | 9 054 | +29.0% |
1991 | 8 571 | −5.3% |
2001 | 9 197 | +7.3% |
2011 | 8 852 | −3.8% |
2021 | 8 320 | −6.0% |
Iqtisodiyoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Štětí – sanoat markazi sifatida tanilgan. Shaharchada Chexiya Respublikasining eng yirik qogʻoz fabrikasi joylashgan[1].
Transporti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Shaharcha hududida Ústí nad Labemdan Kolinga va Ústí nad Labemga boradigan temir yoʻl liniyalari joylashgan[2].
Diqqatga sazovor joylari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Eng mashhur diqqatga sazovor joyi – Avliyolar Simun va Yahudo cherkovi. Dastlab u 14-asrda qurilgan, lekin 1784-yilda suv toshqini tufayli vayron boʻlgan va 1785-yilda qayta tiklangan[3].
Avliyo Butrus va Pavlus cherkovi Chcebuzning diqqatga sazovor joylaridan biri hisoblanadi. U 1781—1784-yillarda barokko uslubida qurilgan[4].
Mashhur odamlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Frants Reyxelt (1878-1912) avstriyalik tikuvchi va ixtirochi
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Koncern Mondi investuje devět miliard do modernizace Papíren Štětí“ (cs). iDNES (2017-yil 7-sentyabr). Qaraldi: 2020-yil 17-avgust.
- ↑ „Detail stanice Štětí“ (cs). České dráhy. Qaraldi: 2023-yil 24-iyul.
- ↑ „Historie města Štětí“ (cs). Město Štětí. Qaraldi: 2023-yil 24-iyul.
- ↑ „Kostel sv. Petra a Pavla“ (cs). National Heritage Institute. Qaraldi: 2023-yil 24-iyul.