AQSh davlat kotibi
AQSh davlat kotibi |
AQSh davlat kotibi (SecState[1]) federal hukumatning ijroiya hokimiyati aʼzosi va Davlat departamentining rahbari hisoblanadi. Ushbu lavozim egasi vitse-prezidentdan keyin prezident kabinetidagi ikkinchi eng yuqori martabali shaxs hisoblanadi. Davlat kotibi prezidentlik vorisligi boʻyicha toʻrtinchi oʻrinda turadi. Kabinet kotiblari orasida birinchi oʻrinda turadi.
Davlat kotibi lavozimi 1789-yilda tashkil etilgan va Tomas Jefferson birinchi davlat kotibi boʻlgan. Davlat kotibi AQShning chet davlatlar oldidagi vakili hisoblanadi va shu sababli boshqa mamlakatlardagi tashqi ishlar vazirlari bilan tenglashtiriladi[2][3]. Davlat kotibi AQSh prezidenti tomonidan nomzod qilib koʻrsatiladi va Senatning Tashqi ishlar qoʻmitasi eshituvidan keyin Senat tomonidan tasdiqlanadi. Davlat kotibi, moliya kotibi, mudofaa kotibi va bosh prokuror bilan birgalikda, ushbu departamentlarining muhimligi tufayli kabinetdagi eng muhim toʻrt aʼzodan biri sifatida qaraladi[4].
Davlat kotibi I darajadagi lavozim hisoblanadi. Shu daraja uchun belgilangan maoshni oladi (2021-yil yanvar oyidan boshlab 221 400 AQSh dollari)[5][6]. Hozirgi davlat kotibi – Antony Blinken boʻlib, u 2021-yil 26-yanvarda Senat tomonidan 78–22 ovoz bilan tasdiqlangan[7].
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Davlat kotibi lavozimi Articles of Confederation hukumatidan kelib chiqqan. 1781-yilda Konfederatsiya Kongressi Tashqi ishlar departamentini tashkil etgan va tashqi ishlar kotibi lavozimini yaratgan[8]. AQSh Konstitutsiyasi ratifikatsiya qilingandan soʻng, birinchi AQSh Kongressi ushbu departamentni qayta tashkil etadi va unga Davlat departamenti deb nom beradi hamda departamentni boshqarish uchun davlat kotibi lavozimini yaratdi[9][10].
Vazifa va mas’uliyatlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Davlat kotibining belgilangan vazifalari AQShning tashqi xizmatlari va immigratsiya siyosatini nazorat qilishdir. Shuningdek, lavozim Davlat departamentini boshqarishni ham oʻz ichiga oladi. Davlat kotibi AQSh tashqi siyosati boʻyicha, shuningdek, diplomatlar va elchilar tayinlash, ularni ishdan boʻshatish va chaqirib olish boʻyicha prezidentga maslahat berishi kerak. Davlat kotibi tashqi siyosatga oid muzokaralar olib borishi, shartnomalarni talqin qilishi va bekor qilishi mumkin. U xalqaro konferensiyalar, tashkilotlar va agentliklarda AQSh vakili sifatida qatnashishi ham mumkin. Kotib AQSh tashqi siyosatiga oid masalalarni Kongress va fuqarolarga yetkazadi. Shuningdek, davlat kotibiyati chet elda yashaydigan yoki sayohat qilayotgan AQSh fuqarolariga pasport shaklida guvohnomalar taqdim etish kabi xizmatlar koʻrsatadi. Davlat kotibi fuqarolarni, ularning mulkini va manfaatlarini chet davlatlarda himoya qilishni ham taʼminlaydi[11].
Davlat kotibi uchun talablar qanday? U qonunlar, hukumatlar, tarix bo‘yicha keng bilimga ega bo‘lgan kishi bo‘lishi kerak. Bizning butun yer yuzidagi olam uning aql-zakovati bilan umumiy tarzda qamrab olinishi lozim.
|
Davlat kotiblari tashqi siyosatdagi mas'uliyatlardan tashqari ichki siyosaatdagi mas'uliyatlarga ham ega. XIX asr oxiriga kelib, Davlat departamentining ko‘plab tarixiy ichki funksiyalari turli ma'muriy islohotlar va qayta tuzilmalar natijasida boshqa agentliklarga o‘tkazildi[13]. Qolgan ichki mas'uliyatlar orasida Great Seal muhrini saqlash va ishlatish, Oq uyning protokol funksiyalarini bajarish hamda ma’lum e’lonlarni tayyorlash kiradi. Shuningdek, davlat kotibi qochqinlarni xorijiy davlatlarga ekstraditsiya qilish masalasida alohida shtatlar bilan muzokaralar olib boradi[14]. Federal qonunga ko‘ra, prezident yoki vitse-prezidentning iste’fosi faqat davlat kotibi idorasiga topshirilgan yozma hujjat bilan tasdiqlanishi mumkin[15]. Shu tariqa, Prezident Richard Nixon va vitse-prezident Spiro Agnewning iste’fosi o‘sha paytdagi davlat kotibi Henry Kissingerga topshirilgan hujjatlar bilan rasmiylashtirilgan.
Davlat kotibi zimmasidagi vazifalar tarixan kamaygan bo‘lsa-da, ba’zida Kongress ularning mas’uliyatlarini oshirgan ham. Masalan, 2014-yilda Kongress tomonidan qabul qilingan Shon va Devid Goldmanning Xalqaro Bolalarni O‘g‘irlanishining Oldini Olish va Qaytarish to‘g‘risidagi qonunida davlat kotibi Hague konvensiyasiga qo‘shilgan mamlakatlardan o‘g‘irlangan bolalarni qaytarish uchun lozim bo‘lgan choralarni belgilab bergan[16].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Abbreviations and Terms“. 2001-2009.state.gov. 2022-yil 18-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 18-iyul.
- ↑ „Heads of State, Heads of Government, Ministers for Foreign Affairs“, Protocol and Liaison Service, United Nations. Retrieved November 2, 2012.
- ↑ NATO Member Countries (Wayback Machine saytida October 1, 2017, sanasida arxivlangan), NATO. Retrieved November 2, 2012.
- ↑ "Cabinets and Counselors: The President and the Executive Branch" (1997). Congressional Quarterly. p. 87.
- ↑ „Salary Table No. 2021-EX Rates of Basic Pay for the Executive Schedule (EX)“. 2022-yil 29-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 19-mart.
- ↑ Manba xatosi: Invalid
<ref>
tag; no text was provided for refs namedUnitedStatesCode|5|5312
- ↑ „U.S. Senate Roll Call Votes 117th Congress – 1st Session“. U.S. Senate. 2021-yil 30-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 31-yanvar.
- ↑ Short 1923, ss. 55–56.
- ↑ „An Act for establishing an Executive Department, to be denominated the Department of Foreign Affairs“. GPO (1789-yil 27-iyul). Qaraldi: 2024-yil 27-iyul.
- ↑ „An Act to provide for the Safe-keeping of the Acts, Records, and Seal of the United States, and for other purposes“. GPO (1789-yil 15-sentyabr). Qaraldi: 2024-yil 27-iyul.
- ↑ „Duties of the Secretary of State“. U.S. Department of State. 2019-yil 8-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 1-fevral.
- ↑ Statesman and Friend: Correspondence of John Adams with Benjamin Waterhouse, 1784–1822. Boston, MA: Little, Brown, and Company, 1927 — 57-bet.
- ↑ „Administrative Timeline of the Department of State – Department History – Office of the Historian“. history.state.gov. 2021-yil 11-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 10-yanvar.
- ↑ „Duties of the Secretary of State of the United States“. www.state.gov. United States Department of State (2009-yil 20-yanvar). 2019-yil 8-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 28-mart.
- ↑ „3 U.S. Code § 20 – Resignation or refusal of office“ (en). LII / Legal Information Institute. 2017-yil 2-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 31-yanvar.
- ↑ „H.R.3212 – 113th Congress (2013–2014): Sean and David Goldman International Child Abduction Prevention and Return Act of 2014“. Congress.gov (2014-yil 8-avgust). 2022-yil 1-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 1-may.