Kontent qismiga oʻtish

Abdulloh Shuttoriy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Abdulloh Shuttoriy
Shaxsiy maʼlumotlar
Vafoti milodiy 1428-29-yil (hijriy 832-yil)
Dini Islom
Tanilgan sohasi Shuttoriyya tariqatining asoschisi, hindistonlik mutasavvif.

Abdulloh Shuttoriy (arabcha: عبد الله شطاری) —(? — 832/1428-29, Mand) — shuttoriyya tariqatining asoschisi, hindistonlik mutasavvif.

„Ashg‘oli shuttoriyya“ nomli asarida o‘zining oliy silsilasi, maqomi va holi haqida so‘z yuritilgan. Shuningdek, u haqidagi maʼlumotlar ko‘proq Gʻulom Sarvari Lohuriyning „Xazӣna al-­asfiyā“ asarida mavjud. Hamadoniyya tariqatini Ali al-Hamadoniydan, qodiriyya tariqatini Shayx Abdulvahhobdan olgan. „Xazӣna al-asfiyā“ga ko‘ra, Abdulloh Shuttoriyning nasabi Shihobuddin as-Suhravardiyga yetib boradi.

Abdulloh Shuttoriy tayfuriyya tariqati shayxlaridan Muhammad Orifga qo‘l bergan. Shayx unga ash-Shuttoriy (yoki Shattor) laqabini bergan. „Shuttor“ so‘zi istilohda „tez yig‘laguvchi“ degan maʼnoni anglatadi. Lekin so‘fiylar „fano fillah“ va „baqo fillah“ maqomiga yetgan shaxsga „shuttor“ so‘zini ishlatganlar. Abdulloh Shuttoriy riyozat va mujohada bilan kamolot darajasiga chiqqanligi uchun Shayx Muhammad birinchilardan bo‘lib, Abdulloh Shuttoriyga nisbatan „shuttor“ deb murojaat qilgan.

Xirqa kiydirib tariqatni yoyishi uchun Hindistonga yuborgan. Abdulloh Shuttoriy avval Hindistonning Bankipur shahriga, so‘ngra Kanpur shahriga boradi va u yerda yuksak obro‘ga ega bo‘ladi. Keyinchalik Joluhga keladi. Joluh hukmdori poytaxt Mand shahrida unga tayyorlatgan maskanda joylashib, tariqatini yoyishni boshlagan.

Mandda vafot etgan.

Shuttoriya tariqati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Turli tarzda qayd qilingan tariqat silsilalarining barchasi Boyazid Bistomiyga bog‘lanadi. Abdulloh Shuttoriyning yo‘nalishi tasavvufning uchta umumiy tamoyilini ifodalovchi tariyqi abror, tariyqi axyor, tariyqi shuttorning so‘ng­gisidir. Bu yo‘l ishq, vajd va jazbani asos qilib olgan. Unga nisbatan „piri tariqat“, „sohibi tariqat“ de­yilsa-da, shuttoriyya tariqati avvaldan mavjud edi. Zero, baʼzi manbalarda ustozi Muhammad Orifga Shuttoriy laqabi berilganligi aytilgan. Ilgari umumiy tasavvufni ifoda etgan shuttoriyya, Abdulloh Shuttoriy tomonidan maxsus bir tariqat, yo‘nalish sifatida shakl­langan[1].

  1. Haririyzoda. Tibyān. I, 184;
  2. Gʻulom Sarvar Lohuriy. Xazӣna al-asfiyā. — Lakhnav: 1914. II, 185;
  3. Abdulhay al-Hasaniy. Nuzha al-xavātir. III, 100-101;
  4. Yunus Ibrohim as-Somarroiy. Ulamā al-’arab fӣ shibh al-qārra al-hindiyya. — Bag‘dod: 1986. 154;
  5. T. Yazıcı. „Şattâriye“. İA. XI, 355-356;
  6. Süleyman Uludağ. „Abdullah-ı Şüttârî“. TDV İA. — İstanbul: 1988. I, 137.
  1. Ислом энциклопедияси (oʻzbekcha,), 2020-yil. ISBN 978-9943-59-267-4.