Abdurrahim Bob
Abdurrahim Bob | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlar | |
Tavalludi | X—XI asr |
Dini | Islom |
Tanilgan sohasi | mutasavvif, faqih |
Abdurrahim Bob (arabcha: عبد الرحيم باب — (10 (X-XI asrlar) — mutasavvif, faqih.
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Xoja Qoraxon sulolasi asoschisi. Imom Muhammad ibn al-Hanafiyning (vafoti: 700-yil) to‘rtinchi avlodi.
Turkistondagi Qora Usmon qishlog‘ida yashagan (hozirgi Janubiy Qozog‘istonning Aris tumani). „Nasabnoma“da qoraxonlilar davlati (992-1211-yillar) asoschisi Satuq Bug‘roxonga tenglashtirilgan. Turkistonda Islom joriy qilinishida qatnashgan. O‘zgan, Farg‘ona, Shosh, Isfijob, Qora Usmon, Taroz va Sharqiy Turkistonni egallagan. Qora Usmon va Sayramdagi so‘fiylar Mansur Xamir ota, Tekturmas ota, Mashhad ota, To‘qmoq ota va boshqalar Abdurrahimning avlodlari. Xalq qissalarida bu sulola „Mashriqiy chiltonlari“ deb yuritilgan. „Risolai qalandariy“da „Mashriq tomonda Abdurrahim pir“ deb ko‘rsatilgan[1].
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- A. Fitrat. Ahmad Yassaviy / Tanl. asarlar. — T.: 2000. II, 17;
- A. K. Muminov. Abd ar-Raxim-bab / Islam na terrotorii bivshey Rossiyskoy imperii. Ensiklopedicheskiy slovar. Vip. Z. — M.: „Vostochnaya literatura“, 2001. 5;
- B. D. Kochnev. O Nasab-nama Karaxanidov // Yasavi tagilimi. Vip.2. Turkestan, 2002:
- Islom tasavvufi manbalari. — T.: „O‘qituvchi“, 2005. 318.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Ислом энциклопедияси (oʻzbekcha,), 2020-yil. ISBN 978-9943-59-267-4.
Ushbu maqolada Islom ensiklopediyasi (2020) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |