Kontent qismiga oʻtish

Abdurrazzoq ibn Himam ibn Nofi’

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Abdurrazzoq ibn Himam ibn Nofi’
Shaxsiy maʼlumotlar
Dini Islom
Tanilgan sohasi muhaddis

Abdurrazzoq ibn Himam ibn Nofi’ — muhaddis olim.

Abdurrazzoq ibn Himam ibn Nofiʼ hofizu-l-kabir Yamanlik muhaddislardan[1]. Muhaddis 126/744 yilda Yamanda tavallud topgan va juda koʻp ilm-maʼrifat rivojlangan Makka, Madina, Hijoz, Shom, Iroq, Bagʻdod va boshqa koʻplab shaharlarda boʻlib, hadis roviylaridan eshitgan. Abdurrazzoq ibn Himam oʻz davrining mashhur muhaddis va roviylari hisoblangan Hishom ibn Hasson, Ubaydulloh ibn Umar, Ibn Jurayh, Muammar, Hajjoj ibn Artot, Abdumalik ibn Sulaymon, Musanno ibn Saboh, Umar ibn Zarr, Muhammad ibn Roshid, Zakariyo ibn Ishoq, Ikrima ibn Ammor, Abdulloh ibn Said, Savr ibn Yazid, Ayman ibn Nobil, Avzoiʼy, Sufyon Savriy, Molik ibn Anas va boshqa koʻplab mashhur muhaddislardan hadis rivoyat qilgan. Abdurrazzoq ibn Himamdan hadis tinglab, unga shogird boʻlgan muhaddislar ham koʻpchilikni tashkil etgan. Ulardan Sufyon ibn Uyayna, Muʼtamar ibn Sulaymon, Abu Asoma, Ahmad ibn Hanbal, Ibn Rohavay, Yahyo ibn Muin, Ali ibn Madaniy, Is’hoq ibn Kavsaj, Muhammad ibn Yahyo. Muhammad ibn Rofiʼ. Yahyo ibn Jaʼfar Boykandiy, Yahyo ibn Muso, Hasan ibn Abi Robiʼ, Ahmad ibn Mansur va boshqa koʻplab mashhur muhaddislar olimlarni koʻrsatish mumkin. Abdurrazzoq ibn Himamning ulugʻligi haqida bir qancha moʻtabar imom va muhaddislar oʻz fikrlarini aytishgan. Jumladan, Ahmad ibn Ajaliy: „Abdurrazzoq ibn Himam ishonchli muhaddis“, — degan boʻlsa, buyuk mujtahid olim va muhaddis Ahmad ibn Hanbal oʻz ustozi haqida qoʻyidagi voqeani aytib bergan: „Abdurrazzoq ibn Himamning qishlogʻida quduq yoʻq edi. Bizlar undan tahsil olish vaqtimizda ikki mil uzoqqa borib, tahorat olib kelar edik va qaytishimizda oʻzimiz bilan birga suv olib kelar edik[2]. Abdurrazzoq ibn Himamdan olti mashhur muhaddislar Imom Buxoriy, Imom Muslim,Imom Abu Dovud, Imom ibn Mojja, Imom Termiziy va Imom Nasoiylar hadis rivoyat qilgan. Abdurrazzoq ibn Himamning fazli va hadis ilmidagi yuksak bilimi borligi haqida uning eng ishonchli muhaddislardan ekanligi koʻplab manbalarda keltirilgan. Muhaddisning eng yuksak darajasi shundaki, u kishi tobiʼiynlar bilan birga yashagan va ulardan hadislarni oʻrgangan. Muhaddis uzoq umr koʻrgan va umrining oxirida koʻzlari ojiz va eshitishi susayib qolgan. Shunga qaramasdan, u hadis aytishda davom etgan.



  • Sh. Umarov. „Abdulhamid Keshiy hayoti va ilmiy merosi“; Samarqand:Imom Buxoriy xalqaro markazi 2013. — 98 b.;
  1. Заҳабий. Сияру-н-нубало. Ж.1. – Б. 563.
  2. Заҳабий. Сияру-н-нубало. Ж.1. – Б. 563.