Kontent qismiga oʻtish

Bilakuzuklar

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Ablepharusdan yoʻnaltirildi)
Bilakuzuklar
Biologik klassifikatsiya
Olam: Hayvonlar
Binar nomi
Ablepharus

Bilakuzuklar, ilonquyruqlar (Ablepharus) — ssinklar oilasiga mansub kaltakesaklar urugʻi. 32 taga yaqin turi bor. Janubiy Gʻarbiy Osiyo, Yevropa, Afrika, Avstraliya va Tinch okeani orollarida tarqalgan. Boʻyi 11 sm ga yaqin. Oʻzbekistonda Osiyo Bilakuzuklar (A. brandti), Markaziy va janubiy hududlarda choʻl bilakuzuklar (A. deserti), deyarli hamma joylarda va Toshkent viloyatining togli hududlarida oloy bilakuzuklar (A. alaicus) tarqalgan. Bilakuzukning oyoqlari zaif, 2 — 5 barmoqli. Tanasi koʻpincha toʻq kulrang, ikki yonida qoramtir yoʻllari boʻladi. Ana shuning uchun bilakuzuklar deb ataladi. Dasht, choʻl, togʻ va oʻrmonlarda yashaydi, tez harakat qiladi. Qalin oʻtlar orasida qisqa oyoqlarini bagʻriga bosib, ilonga oʻxshab yurgani uchun ilonquyruq deb ham ataladi. Bilakuzuk xavf tugʻilganida toshlar orasiga, kovaklarga yoki boshqa hayvonlar uyalariga yashirinadi. Koʻp turlari tuxum qoʻyadi. Baland togʻlarda yashaydigan turlari tirik tugʻadi. Bilakuzuk turli hasharotlarni qirib, foyda keltiradi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil