Abu-l-Arab
Abu-l-Arab Muhammad ibn Ahmad ibn Tamim at-Tamimiy | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlar | |
Tavalludi | milodiy 864-874-yil (hijriy 250-260-yil) |
Vafoti |
milodiy 945-yil (hijriy 333-yil) |
Dini | Islom |
Tanilgan sohasi | faqih, muhaddis, tarixchi |
Abu-l-Arab (arabcha: أبو العرب — Abu-l-Arab Muhammad ibn Ahmad ibn Tamim at-Tamimiy) — molikiy faqihi, muhaddis va tarixchi.
Abu-l-Arab al-Qayravoniy hamda al-Mag‘ribiy nisbalari bilan ham zikr qilinadi. Obro‘li oilaga mansub bo‘lgan Abu-l-Arabning katta bobosi Tammom xalifa Horun ar-Rashid (786-809-yillar) davrida Shimoliy Afrikada boshqaruv va harbiy vazifalarda faoliyat olib borgan, baʼzi voqealarda bevosita ishtirok etgan va maʼlum muddat Bag‘dodda hibsda ham bo‘lgan. Otasi esa ko‘proq ilm bilan mashg‘ul bo‘lgan.
Taʼlimi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Abu-l-Arab yoshlik yillaridan ilmga rag‘bat qilgan. Shimoliy Afrikaning peshqadam olimlaridan Sahnunning shogirdi bo‘lgan. Shuningdek, Yahyo ibn Umar al-Andalusiy, Iso ibn Miskin, Himos ibn Marvon va Ibn al-Haddod al-Mag‘ribiy kabi faqihlardan taʼlim olgan. Abu-l-Abbos Tammom va Abu Jaʼfar Tamim nomli ikki o‘g‘li bilan birga Ibn Abu Zayd, Abu-l-Hasan ibn Ziyod, Hasan ibn Saʼid al-Harrot, Hasan ibn Mas’ud, Muhammad ibn Horis al-Xushaniylar Abu-l-Arabdan taʼlim olganlar.
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Abu-l-Arab fotimiylarning Tunisga kelishi va ag‘labiylarning ular bilan kurashishiga guvoh bo‘ladi. Murabbiylik, kotiblik bilan shug‘ullangan va manbalarda 3500 dan ortiq kitobni ko‘chirgani zikr qilingan.
Asarlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- „Tabaqāt ’ulamā Ifrӣqiyya“. Molikiy mazhabi faqihi va hadis olimlarining tarjimai holiga oid mazkur asari vafotidan so‘ng shogirdi Muhammad ibn Horis al-Xushaniy tomonidan tamomlangan.
- „Kitāb al-mihan“. Sahoba, tobeʼin va Islom olimlarining hayoti haqidagi asar.
- „Ubbād Ifrӣqiyya ilā kitāb az-zu’afā“.
- „Sanad hadӣsi Mālik“.
- „Manāqib Tamӣm“.
- „Fazāil Mālik“.
- „Kitāb at-tahāra va-l-vuzu’“.
- „Kitāb al-janāiz va zikr al-mavt va ’azāb al-qabr“.
- „Kitāb fi-s-salāt“.
- „Tabaqāt ahl al-Qayravān“[1].
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Abu Bakr al-Molikiy. Riyāz an-nufӯz. — Bayrut: 1401-1403/1981-83. I, 14;
- Qozi Iyoz. Tartӣb al-madārik. II, 334-336;
- Az-Zahabiy. Tazkira al-huffāz. III, 889-890;
- Az-Zahabiy. Siyar. XV, 394-395;
- As-Suyutiy. Tabaqāt al-huffāz. 364;
- Ali Öngül. „Ebü’l-Arab“. TDV İA. — İstanbul: 1994. X, 293.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Ислом энциклопедияси (oʻzbekcha,), 2020-yil. ISBN 978-9943-59-267-4.
Ushbu maqolada Islom ensiklopediyasi (2020) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |