Abu Abdulloh al-Qalonisiy
Qiyofa
Abu Abdulloh al-Qalonisiy | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlar | |
Dini | Islom |
Tanilgan sohasi | soʼfiy |
Abu Abdulloh al-Qalonisiy (arabcha: أبو عبد الله القلانسي — so‘fiy.
Tasavvuf tariqatining yirik namoyandasi. Aksar tasavvufiy manbalarda Abu Abdulloh al-Qalonisiyning safardoshlari filning bolasini yeb halokatga uchragani, lekin ona fil esa uni ko‘tarib, manziliga yetkazib qo‘ygani haqida hikoyat keltirilgan. Jumladan, Rumiyning „Masnaviy maʼnaviy“sida ham bu hikoya batafsil yoritilgan. Navoiy „Nasoyim ul-muhabbat“da „Nafahot ul-uns“dan ushbu shayx hayotiga bog‘liq bobni qisqartirilgan holda kiritgan[1].
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Alisher Navoiy. TAT. — T.: Gʻafur Gʻulom nomidagi NMIU, 2011. X, 153;
- Alisher Navoiy. Qomusiy lug‘at. — T.: 2016. I.;
- Jaloliddin Rumiy. Masnaviyi maʼnaviy. — T.: „MERIYUS“, 2011.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Ислом энциклопедияси (oʻzbekcha,), 2020-yil. ISBN 978-9943-59-267-4.
Ushbu maqolada Islom ensiklopediyasi (2020) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |