Abu Amr al-Argʻiyoniy
Qiyofa
Abu Amr Muhammad ibn Ahmad ibn Ja’far ibn Ahmad ibn Sayyor al-Muazzin al-Arg‘iyoniy | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlar | |
Vafoti |
milodiy 980-yil (hijriy 369-yil) |
Dini | Islom |
Tanilgan sohasi | hadis hofizi |
Abu Amr al-Argʻiyoniy (arabcha: أبو عمرو الأرغياني — Abu Amr Muhammad ibn Ahmad ibn Jaʼfar ibn Ahmad ibn Sayyor al-Muazzin al-Arg‘iyoniy) — hadis hofizi.
Hayoti va faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Asli [Nishopur]]dagi bir necha qishloqni o‘z ichiga olgan nohiya — Arg‘iyonga mansub Abu Amr al-Arg‘iyoniy Samarqand shahrida yashagan. Olim fozil, hadis borasida so‘z va rivoyatlari ishonchli, hadis eshitish qobiliyati kuchli hofiz bo‘lgan.
Hadislar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Abu Amr al-Argʻiyoniy Samarqandda Abu-l-Abbos Muhammad ibn Ishoq as-Sarroj, Ali ibn al-Fazl ibn Tohir al-Balxiy va boshqalardan hadis ilmidan taʼlim olgan.
O‘z navbatida, hofizdan Abu Saʼd Abdurrahmon ibn Muhammad al-Idrisiy hadis rivoyat qilgan[1].
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- As-Sam’oniy. Al-Ansāb. — Haydarobod: „Doira al-maʼorif al-Usmoniyya“, 1962. I, 168;
- Abdulkarim as-Sam’oniy. Nasabnoma. — T.: „Hilol-nashr“, 2017. 161.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Ислом энциклопедияси (oʻzbekcha,), 2020-yil. ISBN 978-9943-59-267-4.
Ushbu maqolada Islom ensiklopediyasi (2020) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |