Kontent qismiga oʻtish

Abu Ubayd Qosim ibn Sallom

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Abu Ubayd Qosim ibn Sallom Xurosoniy Haraviy
Tavallud sanasi: 154/770
Tavallud joyi: Hirot
Vafot sanasi: 224/838
Vafot joyi: Makka
Dini: Islom, sunniy shofeʼiy


Abu Ubayd Qosim ibn Sallom Xurosoniy Haraviy (arab. أبو عبيد القاسم بن سلاّم الخراساني الهروي, 770–838) – arab filologi, lugʻatshunoslik, Qurʼon ilmlari, hadis va fiqhga oid koʻplab kitoblar muallifi.

U Hirotda vizantiyalik qulning oilasida tug‘ilgan. U o‘z ona shahrini tark etib, Basra maktabida Asma’iy (vafoti 213/828), Abu Ubayda (vafoti 210/825) va Abu Zayd Ansoriy (vaf. 214 yoki 215/830-831) hamda Kufa maktabida Abu Amr Shayboniy (vafoti 210/825), Kisoʼiy (vafoti 189/805) kabi ko‘plab mashhur filolog olimlardan tahsil olgan.

U birinchi boʻlib tajvid ilmining yozma shaklini ishlab chiqan, tajvid qoidalariga alohida nomlar bergan va buni oʻzining “al-Qiroat” nomli kitobida yozgan. Asarida 25 ga yaqin qori, jumladan 7 mutavotir qori haqida toʻxtalib oʻtgan[1]. Abu Ubayd tajvidni har bir avlod qorilari orqali uzatiladigan, aniq qoidalari, atamalariga ega boʻlgan fanga aylantirgan[2][3]. U Qur’onning dastlab nozil qilingan, ammo hozir oʻqilmaydigan oyatlari haqida ma’lumotlar keltirgan [4][5].

Muhim asarlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

• “Kitob al-amvol” (Daromadlar kitobi)

• “Kitob al-nosix val-mansux” (Nosix va mansux kitobi)

• “Kitob fazoil al-Qur’on” (Qur’oni karimning fazilatlari haqidagi kitob).

  1. Ajaja, Abdurrazzak „القراءات : The readings“.
  2. el-Masry, Shadee. The Science of Tajwid. Safina Society — 8-bet. Qaraldi: 2020-yil 30-mart. 
  3. „What is Tajweed?“. Online Quran Teachers. 2021-yil 13-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 30-mart.
  4. Jeffery, Arthur (1938). "Abu Ubaid on the verses missing from the Qur'an". The Muslim World 28: 61–65. doi:10.1111/j.1478-1913.1938.tb02422.x. 
  5. Ibn Warraq, Origins of the Koran – Classic Essays on Islam’s Holy Book, [Prometheus Books, Amherst, NY 1998], Part Two: The Collections and the Variants of the Koran, 9. Abu ‘Ubaid on the Verses Missing from the Koran, by Arthur Jeffery, p. 151.