Kontent qismiga oʻtish

Akinak

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Akinak (yunoncha akinakes) – xanjar (40- 60 sm). Sak, skif va forslarda miloddan avvalgi 1- ming yillik oʻrtasi va 2-yarmida qoʻl jangida sanchuvchi qurol sifatida ishlatilgan. Amudaryo xavzasidan topilgan sak jangchisi tasviri tushirilgan tilla jevakka qarab akinakning qanday taqib yurilganligini bilish mumkin. U belboqqa osib qoʻyilgan, pastki uchi esa ot minganda yoki piyoda yurganda xalaqit bermasligi uchun yonboshga, tizzadan yuqoriroqqa bogʻlab qoʻyilgan.

Akinak 30–40 sm keladigan xanjar. Qadimda (miloddan avvalgi I ming yillik) koʻchmanchi sak-massaget va skif qabilalarida qoʻl jangida sanchuvchi qurol sifatida ishlatilgan. U belbogʻga osib qoʻyilgan. Yurganda va otga minganda xalaqit bermasligi uchun pastki uchi yonboshga, tizzadan yuqoriroqqa bogʻlab qoʻyilgan[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil