Aleksandr Shakalov
Alexander Shakalov | |
---|---|
Shakalov 2004-yilgi NHK Trophyda | |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Davlat | Ukraina |
Oldin vakil boʻlgan | Oʻzbekiston |
Tavalludi |
26-mart 1982-yil Dnipropetrovsk |
Yashash joyi | Stemford, Konnektikut |
Boʻyi | 1.74 m (5 ft 8 1⁄2 in) |
Oldingi sheriklari |
Siobhan Heekin-Canedy Yelena Teremtsova Olga Akimova Yuliya Grigorenko Viktoriya Polzykina |
Oldingi murabbiylari |
Galit Chait Nataliya Dubova Irina Voroninskaya Aleksander Rozhin |
Oldingi xoreograflari |
Nataliya Dubova Marina Gromova |
Oldingi jamoalari | Dynamo Kiev |
Mashgʻulot oʻtkazgan joylari |
Stemford, Konnektikut Dnipropetrovsk |
Uchishni boshlagan | 1986 |
Yakunlagan | 2011 |
Shaxsiy rekordlari | |
Raqs (umumiy natija) |
128.70 2011 jahon |
Qisqa raqs |
52.31 2011 jahon |
Erkin raqs |
76.39 2011 jahon |
Aleksandr Shakalov (ukraincha: Олександр Васильович Шакалов; 1982-yil 26-martda Ukraina SSR, Dnepropetrovsk shahrida tugʻilgan) — ukrainalik figurali uchuvchi. 2003-yildan 2007-yilgacha xalqaro musobaqalarda Oʻzbekiston sharafini himoya qilgan.
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Shakalov faoliyatining ilk yillarida Ukraina davlati sharafini himoya qilgan. Viktoriya Polzykina, Yuliya Grigorenko bilan chiqishlar qilgan va xalqaro musobaqalarda ishtirok etgan[1]. 2003-yildan 2007-yilgacha u Olga Akimova bilan sheriklikda Oʻzbekiston sharafini himoya qilgan va bir qancha xalqaro musobaqalarda ishtirok etgan[2][3]. Ular 2004—2005-yillarda O‘zbekiston milliy chempioni bo‘lgan. 2009-yilda Shakalov Siobhan Heekin-Kenedy bilan birgalikda chiqishlar qila boshladi va oʻz vatani uchun musobaqalarda ishtirokni davom ettirdi. Shakalovga er-xotin Galit Chait va Natalya Dubova murabbiylik qilgan. Ular 2011-yilgi Jahon chempionatidan keyin bu faoliyatni toʻxtatgan. Aleksandr Shakalov 2011-yilgi jahon chempionatidan soʻng figurali uchishda sportchilik faoliyatini yakunlagan. Hozirda murabbiy sifatida faoliyat yuritmoqda. Polzykina bilan 2000—2001-yillarda birgalikda ishlagan va Charleston, Quickstep: The Continental kabi chiqishlarni amalga oshirgan. Grigorenko bilan Paso doble, Flamenco kabi chiqishlarni amlga oshirgan.
Aleksandr Shakalov faoliyati davomida 1 karra Ukraina chempionatida gʻolib chiqqan. Jahon chempionatidagi ishtiroki 15-oʻrin bilan yakunlangan. Yevropa chempionatida ham faol ishtirok etgan, jumladan ishtiroklari soni 1 tani tashkil etadi, oʻrin esa 11. Shuningdek, Nebelhorn kubogida 10-oʻrin, Finlandiya kubogida 6-oʻrin, Kupe de Nitsada 4-oʻrin, Mont Blan kubogida 5 marta ishtirok va 4-oʻrin, Lion kubogida 3-oʻrinni egallagan. Olga Akimova bilan Assassinʼs Tangosi chiqishi maashhur boʻlgan.
Dasturlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Heekin-Canedy bilan
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mavsum | Qisqa raqs | Erkin raqs |
---|---|---|
2010-2011 |
|
|
Akimova bilan
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mavsum | Asl raqs | Erkin raqs |
---|---|---|
2006-2007 |
|
|
2005-2006 |
|
|
2004-2005 |
|
The Mask :
|
Natijalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Natijalar | ||
---|---|---|
Xalqaro | ||
Tadbir | 2009-2010 | 2010-2011 |
Jahon chempionati | 15 | |
Yevropa chempionati | 11 | |
Nebelhorn kubogi | 10 | |
Finlandiya kubogi | 6 | |
Kupe de Nitsa | 4 | |
Mont Blan kubogi | 5 | 4 |
Lion kubogi | 3 | |
Milliy | ||
Ukraina chempioni. | 4 | 1 |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Julia GRIGORENKO / Alexander SHAKALOV: 2001/2002“. International Skating Union. 2002-yil 21-dekabrda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Olga AKIMOVA / Alexander SHAKALOV: 2006/2007“. International Skating Union. 2007-yil 12-avgustda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Olga AKIMOVA / Alexander SHAKALOV: 2005/2006“. International Skating Union. 2006-yil 7-mayda asl nusxadan arxivlangan.