Alining hayot yoʻli xronologiyasi
Qiyofa
Qism |
Ali |
---|
- 622-yil sentyabr – Laylat ul-mabit, Ali Muhammadning Madinaga hijrat qilishida unga suiqasd qilinishining oldini olish maqsadida Muhammadning toʻshagida uxlab, oʻz hayotini xavf ostiga qoʻygan[1].
- Ali xotini Fotima, Ummu Kulsum bint Ali va boshqa ayollar bilan birga hijrat qilgan.
- 17-mart – Badr jangi, Ali birinchi marta jangchi sifatida boshqalardan ajralib turgan va taxminan 20 nafar butparastni oʻldirgan.
- Banu Qaynuqo yahudiylari Madinadan quvilgan[1].
- Alining oʻgʻli, ikkinchi shia imomi Hasan ibn Ali tugʻilgan.
- Uhud jangida Ali dushman bayroqdorlarini yoʻq qilgan hamda islom qoʻshini magʻlubiyatga uchrab, koʻpchilik musulmonlar qochib ketgan vaqtda Muhammadning yonida qolgan va uni himoya qilgan.
- Banu Nodir yahudiylari Madinadan quvilgan[1].
- Alining oʻgli, uchinchi shia imomi Husayn ibn Ali tugʻilgan.
- Banu Mustaliq gʻazoti sodir etilgan[1].
- Xandaq jangida Ali arablarning qahramoni hisoblanmish Amr ibn Vodd ustidan jangda gʻalaba qozongan va uni oʻldirgan[1].
- Banu Qurayza qabilasi aʼzolari oʻldirilgan va qul qilingan[1].
- Hudaybiya shartnomasi tuzilgan[1].
- Xaybar jangida Ali bayroqdor boʻlgan va Xaybar qoʻrgʻonini fath qilgan[1].
- Alining qizi Zaynab bint Ali tugʻilgan.
- Ali paygʻambar Muhammad bilan Birinchi Hajga borgan.
- Alining akasi Jaʼfar ibn Abu Tolib Muʼta jangida halok boʻlgan.
- Makkaning fath qilinishida Ali bayroqdor boʻlgan[1].
- Hunayn jangi boʻlib oʻtgan[1].
- Autas jangi boʻlib oʻtgan.
- Toif qamali sodir boʻlgan[1].
- Yirik arab qabilasi Banu Tayyga qarshi harakat rejasi tuzilgan[1].
- Najron nasroniylari bilan oʻrtadagi diniy nizolarni hal qilish uchun urinish amalga oshirilgan[1].
- Banu Rumlaga qarshi yurish qilingan[1].
- Banu Zubudaga qarshi harakat amalga rejasi tuzilgan[1].
- Yamanga yurish qilingan[1].
- Ali Makkada Vidolashuv ziyoratida qatnashgan[1].
- Gʻadir Xum yigʻilishi sodir boʻlgan[1].
- Islom paygʻambari Muhammad vafot etgan[1].
- Abu Bakr birinchi Roshidun xalifasi sifatida hokimiyatni egallagan[1].
- Alining turmush oʻrtogʻi Fotima vafot etgan[1].
- Uchinchi Roshidun xalifasi Usmon qamal qilingan va oʻldirilgan[1].
- Ali toʻrtinchi Roshidun xalifasi etib tayinlangan[1].
- Birinchi fitna (Birinchi islom fuqarolar urushi) boshlangan[4].
- Tuya jangi sodir boʻlgan[1].
- Ali Roshidun xalifaligi poytaxtini Madinadan Iroqning Kufa shahriga koʻchirgan[1].
- 657-yil may–iyul – Siffin jangi boʻlib oʻtgan[4].
- Siyosiy va diniy nizolarni tinch yoʻl bilan hal etishga qaratilgan Hakamlik sudi boʻlgan[1][4].
- Xazarjiylar isyon koʻtargan[4].
- 658-yil iyul – Nahravon jangi boʻlib oʻtgan[4].
- Ali tomonida boʻlgan Misr hokimi magʻlubiyatga uchratilgan va Misr Amr ibn al-Os tomonidan bosib olingan.
- Xurrit ibn Rashid isyon koʻtargan[1].
- Muoviya I Iroqni talon-taroj qilgan.[1]
- Muoviya I Hijoz va Yamanni talon-taroj qilgan, biroq kechinchalik ortga chekingan[1].
- 661-yil 28-yanvar Ramazon oyining 21-kuni – Ali vafot etgan. U Abdurahmon ibn Muljam tomonidan Kufaning Ulugʻ masjidida oʻdirilgan va oradan 2 kun oʻtib, Najaf shahrida dafn qilingan.
- Alining oʻlimidan keyin Hasan ibn Ali xalifa etib tayinlangan.
- Muoviya I Damashqda oʻzini xalifa deb eʼlon qilgan[1].
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,00 1,01 1,02 1,03 1,04 1,05 1,06 1,07 1,08 1,09 1,10 1,11 1,12 1,13 1,14 1,15 1,16 1,17 1,18 1,19 1,20 1,21 1,22 1,23 1,24 1,25 1,26 1,27 1,28 1,29 1,30 1,31 Ashraf (2005), pp.300-302
- ↑ "Ali ibn Abitalib". Encyclopedia Iranica. Archived from the original on November 7, 2007. https://web.archive.org/web/20071107180319/http://www.iranica.com/newsite/articles/v1f8/v1f8a043.html. Qaraldi: 2007-10-25.
- ↑ Nasr, Seyyed Hossein. "Ali". Encyclopædia Britannica Online. Encyclopædia Britannica, Inc.. http://www.britannica.com/eb/article-9005712/Ali. Qaraldi: 2007-10-12.
- ↑ 4,0 4,1 4,2 4,3 4,4 Lewis (1991), p.215
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Ashraf, Shahid. Encyclopedia of Holy Prophet and Companions. Anmol Publications PVT. LTD., 2005.