Kontent qismiga oʻtish

Amiriy kutubxonasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Amiriy kutubxonasi Fargʻona viloyati, Qoʻqon shahrida joylashgan. Kutubxona Oʻzbekiston Milliy kutubxonasiga qarashli boʻlib, jamoatchilik, talabalar va oʻquvchilarga xizmat koʻrsatadi[1]. 2022-yilda shahar kutubxonasi sifatida tashkil etilgan. Kutubxona Qoʻqon shahar xokimi Usmonov Maruf tashabbusi bilan ochilgan[2]. Amiriy kutubxonasi 70 oʻringa moʻljallangan. U yerda bibliografiya, kitoblarni saqlash va ishlov berish va axborot-komunikatsiya texnologiyalari boʻlimlari faoliyat yuritadi. U yerdagi kitoblar Oʻzbekiston Milliy kutubxonasidan 5000 mingdan ortiq elektron va chop etilgan kitoblar, Qoʻqon shahar hokimligidan 5000 ming dona kitob, mahalliy aholi tomonidan 2000 ming dona kitob, shaharda faoilyat yuritayotgan tashkilotlar tomonidan 3000 ming dona kitob va „Kutubxona fonidini boyitamiz“, „Kutubxonaga kitob sovgʻa qilaman“ aksiyalari doirasidan 10000 ming ta kitob bilan boyitildi. Hozirgi kunda kutubxonada 120 mingdan ziyod kitob mavjud[3] [4].

Amiriy kutubxonasi