Kontent qismiga oʻtish

Ardin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ardin (arab. ạrdyn, MPA/a r d i ː n /) — Gʻarbiy Afrikada keng tarqalgan cholgʻu asbobi — arfa. Mavritaniyalik griot ijrochilarining sevimli cholgʻusi[1] [2]. Tuareg ayollari orasida ham ancha mashhur[3].

U 11-14 torga ega boʻlib, ular chalinganida tomoshabinlarga qaratiladi (koradan farqli oʻlaroq)[1]. Ardin arfaning ramasi vazifasini bajaruvchi uzun yogʻoch va kadidan (kalabas) yasaladi[1]. Kalabashning odatdagi diametri 40 sm, rama uzunligi 1 m[4] boʻladi. Kalabas ustiga qoʻy terisi tortiladi[4]. Torlar ramaga oʻrnatilgan qoziqlarga bogʻlanadi, korpusida esa yogʻochdan egib yasalgan ostonacha tutadi[4].

Tarixiy jihatdan, ushbu cholgʻu asbobi Misr arfasining takomillashgan namunasi boʻlib, nomaʼlum bir vaqtda unga qoziqlar oʻrnatilgan[3]. Kora va ardin cholgʻulari oʻrtasida bogʻliqlik mavjud; ikkala cholgʻu asbobida ham asosan ayollar oʻynaydi va koʻpincha joʻrlikda chalinadi[1]. Bundan tashqari, ardin kora cholgʻusining ayrim tuzilmaviy xususiyatlarini oʻzlashtirgan[3]. Ardinda musiqa chalayotganda, ikki qoʻlda ham bir qoʻlda ham chalish mumkin. Bir qoʻl bilan chalganda ikkinchi qoʻl bilan goʻyo nogʻora chalgandek korpusiga urib turiladi[4]. Ardin, shuningdek, ayollar qoʻshigʻiga joʻr boʻladi[4]. Odatda pentatonik usulda sozlanadi[2].

Mashhur Ardin ijrochilari:Dimi Mint Abba, Nura Mint Seymali va Maluma Mint Al Maidalardir.

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 Hale 1994.
  2. 2,0 2,1 Громыко 1987.
  3. 3,0 3,1 3,2 Blench.
  4. 4,0 4,1 4,2 4,3 4,4 Grove 2014.
  • K.A. Gourlay. Ardin. Oxford University Press, 2014.  (subscription required)
  • Thomas A. Hale. Griottes: Female Voices from West Africa. — 1994. — Т. 25.
  • Африка: энциклопедический справочник. Москва: Советская энциклопедия, 1987. 
  • Roger Blench, Mallam Dendo. „Reconstructing African music history: methods and results“. Qaraldi: 2020-yil 6-avgust.