Asʼhob ur-ras
Asʼhob ur-ras (arabcha) – Qurʼoniy istiloh. “Furqon” (38-oyat) va “Qof” (12-oyat)da Od va Samud qavmlari bilan bir qatorda Asʼhob ur-ras qavmi haqida ham oyat bor. Tafsirlarda ”Asʼhob ur-ras”ning kimlar boʻlgani va qaysi zamonda yashaganlari haqida turli fikrlar mavjud. Baʼzi rivoyatlarda, A.R. (rass nuragan quduq maʼnosini anglatadi) Yamomada yashovchi Samud qavmidan boʻlib, asosan quduqlar atrofida yashashgani aytiladi. Ular ulkan qonxoʻr qushlardan aziyat chekkanlar. Xantala ibn Safvon duo qilib, ularni ushbu balodan qutqaradi. Ammo qavm uning daʼvatiga quloq solmaydi va nuragan quduqqa tushib halok boʻladi.
Alisher Navoiy “Tarixi anbiyo va hukamo”da maʼlumot berishicha, Magʻrib (Shimoliy Afrikadagi mamlakat)da Ras ismli podshoh Haq dinidan yuz oʻgirib, Xudolik daʼvosini qila boshlaydi. Qavm orasida fisq-u fujur, birjinsli nikoh avj oladi. Xantala ibn Safvon ularni bunday ishlardan qaytarmoqchi boʻladi, ammo A.R. uning gapiga quloq solmaydi. Xantala qargʻishi sababli mamlakatda qurgʻoqchilik yuz beradi. Ras boshchiligidagi mushriklar Xantalaga qarshi qoʻshin tortadi va magʻlub boʻladi. Rasning oʻzi qochib, mis va qoʻrgʻoshindan yasalgan qalʼaga berkinadi, ammo Azroil uning jonini oʻsha yerda oladi[1][2].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |