Asʼhobi fil
Asʼhobi fil (arabcha: fil egalari) – Qurʼoniy ibora. Diniy manbalarda keltirilishicha, 570-yilda Yaman hukmdori Abraha boshchiligida fillarga minib, Kaʼbatullohni buzishga otlangan butparastlarni Alloh taolo eng ojiz yaratiqlaridan biri – abobil (chivindan kattaroq bir nav qush)-larning tumshuqlarida keltirib otilgan sopol toshlar bilan halok etadi. Ushbu voqea Qurʼoni karimning “Fil” surasida aniq-ravshan bayon etilgan boʻlib, Xudoni esdan chiqarganlar hamda oʻz kuch-qudratiga ishonganlarga saboq-eslatma hisoblanadi.
“Hayrat ul-abror”dagi 20-maqolatda Badiuzzamonga nasihat berib, shohlikning asosi – Xudodan gʻofil boʻlmaslik hamda takabburlik qilmaslik ekanligini A.F. qismatiga ishora qilib, dalillashtiradi:
Koʻrki ne bir lahzada boʻldi qatil,
Tayri abobil ila asʼhobi fil.
(“Hayrat ul-abror”, 20-maqolat)
“Mahbub ul-qulub”ning 3-qismida esa A.F.ning taqdiri Alloh taoloning qudrati va azamatiga dalil sifatida keltirilgan[1][2][3].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |