Barqaror turizm
Barqaror turizm - turizm sanoati tomonidan yetkaziladigan zararni kamaytirish, jamiyatni himoya qilish va sanoatning uzoq muddatli kelajagini ta’minlashga qaratilgan. Bu tushuncha turizm faoliyatidan kelib chiqadigan har qanday salbiy ekologik, iqtisodiy va ijtimoiy oqibatlarni minimallashtirishga e'tibor qaratadi.
Iqlim o‘zgarishi xavfi to‘g‘risida odamlar ko'proq bilimga ega bo'layotganligi sababli barqaror turizmning ahamiyati ortib bormoqda. Shuningdek, turizm sanoatining o‘sishi natijasida yuzaga keladigan ijtimoiy o‘zgarishlar haqidagi xabardorlik ham kuchaymoqda.
Barqaror turizm, turizmning ekologik, ijtimoiy va iqtisodiy ta'sirlarini hisobga oladigan va ushbu salbiy oqibatlarni kamaytirish uchun tegishli o‘zgartirishlar kiritiladigan sayohat turlarini anglatadi. Bu turizm turi sayyohlar va mezbon jamoalar, mahalliy korxonalar hamda tabiiy dunyo ehtiyojlarini hisobga oladi. Statista Ekoturizm Hisobotiga ko‘ra, 2022-yilda global ekoturizm sanoatining qiymati butun dunyo bo‘ylab taxminan 172,4 milliard AQSh dollariga baholangan.
Bu barqaror transport usullarini qo‘llash, ekologik toza turar joylarda qolish, mahalliy va axloqiy manbalardan olingan oziq-ovqatlarni iste’mol qilish va zararli faoliyatlardan voz kechishni anglatishi mumkin. Barqaror turizm dam olish, biznes yoki tadbirlar uchun sayohat, shuningdek, do‘stlar va oila a’zolarini ziyorat qilish kabi maqsadlar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.
Barqaror turizm tamoyillari
[tahrir | manbasini tahrirlash]1991-yilda "Tourism Concern" tashkiloti, "Worldwide Fund for Nature" (WWF) bilan hamkorlikda barqaror turizm uchun o'nta tamoyilni belgilab berdi. Ushbu tamoyillar quyidagilar resurslardan barqaror foydalanish, haddan tashqari iste'mol va chiqindilarni kamaytirish, biologik xilma-xillikni saqlash, turizmni rejalashtirishga integratsiya qilish, mahalliy iqtisodiyotlarni qo'llab-quvvatlash, manfaatdor tomonlar va mahalliy jamoatchilik bilan maslahatlashish, xodimlarni tayyorlash, turizmni mas'uliyatli ravishda marketing qilish, tadqiqot o'tkazish.
Barqaror turizmning foydalari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Turizm atrof-muhitga, iqtisodiyotga va ijtimoiy hayotga ta'sir ko'rsatadi. Barqaror turizm ijobiy ta'sirlarni maksimal darajada oshirish va salbiy ta'sirlarni minimal darajada kamaytirish haqida.
Turizm global iqtisodiyotda muhim rol o’ynaydi. Mehmonxona,transport,oziq-ovqat va ichimliklar, chakana savdo kabi sohalarda ish o’rinlarini yaratishda yordam beradi. Shuningdek, infratuzilmani rivojlantirishdagi sarmoyalarni rag’batlantiradi, iqtisodiy o’sishni va jamoadagi ko’plab odamlarning turmush darajasini yaxshilaydi.
Kichik biznes egalari va hunarmandlar turizm tufayli mahalliy ishlab chiqarilgan oziq-ovqat, hunarmandchilik buyumlari va estalik sovg’alari kabi mahsulotlarga talab oshgani tufayli daromad olishadi. Bu esa fermerlar, hunarmandlar va kichik biznes egalari uchun daromad manbai hisoblanadi.
Turizm turli mamlakatlar orasidagi madaniy almashuvni rag’batlantiradi. Turli millat va madaniyatlardagi odamlar bir-birlari bilan muloqot qilishadi, o’rganishadi va turli urf-odatlar va an’analar to’g’risida chuqurroq ma’lumotga ega bo’lishadi. Bu tajriba bag’rikenglik, hamdardlik va shaxsiy o’sishni rivojlantiradi. Sayohat barcha yoshdagilar uchun qimmatli ta’lim imkoniyatini taqdim etadi. Bu o’quvchilarga turli madaniyatlar, tarix, geografiya va tabiiy muhit haqida amaliy ko’nikmalar va o’rganish imkoniyatlarini beradi. Nafaqat o’quvchilar balki kattalar ham sayohat orqali yangi ko’nikmalarni o’rganib, turli madaniyatlar va turmush tarzi haqida chuqurroq bilimlar olishlari mumkin.
Turizm meros obyektlari va madaniy boyliklarni saqlashga hissa qo’shishi mumkin, chunki kirish to’lovlari va esdalik sovg’larni sotish orqali daromad orqali merosiy obyektlarni saqlash,ta’mirlash, texnik xizmat ko’rsatish va ta’lim sohasida ancha foyda keltirishi mumkin.
Barqaror turizmning asosiy g'oyalari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Barqaror turizmning hissasi jamiyatga, iqtisodiyotga va atrof-muhitga ijobiy ta'sir ko‘rsatib, uzoq muddatli foyda keltiradi. Shu bilan birga, turizmning ekologik izini kamaytirishga, mahalliy jamiyatlarni qo‘llab-quvvatlashga va turistik tajribalarni yanada boyitishga qaratilgan.
Barqaror turizm konsepsiyasi, rivojlanish va turizm siyosatidan kelib chiqadigan institutiyal tashabbuslarning natijasi sifatida muhim rol o'ynaydi. Barqaror turizmning rasmiy ta'rifi 1987-yilda Brundtland hisobotida (Dunyo atrof-muhit va rivojlanish komissiyasi) berilgan va 1992-yilda Rio-de-Janeyroda bo'lib o'tgan BMT atrof-muhit va rivojlanish konferensiyasida yanada aniqlashtirilgan. Ushbu tamoyil barcha hududiy darajalarda turizm siyosatining muhim jihati bo'lib kelmoqda (Torres-Delgado, 2010). Dastlab, barqaror turizmning qabul qilinishi faqatgina atrof-muhitni saqlash bilan bog'liq bo'lgan, ammo vaqt o'tishi bilan jamiyat, atrof-muhit va iqtisodiyot o'rtasidagi muvozanatni hisobga oluvchi global bir tushunchaga aylangan. Bu o'zgarishlar natijasida barqaror turizm konsepsiyasi turli hujjatlarda qamrab olinishdan tashqari, o'ziga xos hujjatlar yaratish imkoniyatiga ega bo'ldi.
BMTning 2030-yilgacha bo'lgan Barqaror Taraqqiyot Maqsadlari turizmni barqaror rivojlantirishga qaratilgan. Maqsad 8 (iqtisodiy o'sish va mehnat), 12 (mas'uliyatli iste'mol va ishlab chiqarish) va 14 (suv osti hayoti) maqsadlarida barqaror turizmga alohida e'tibor qaratilgan.
Barqaror turizmni rivojlantirish bilan bog'liq tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, barqaror sayyohlik amaliyotlari ekotizimlarga yordam beradi. Misol uchun, ekoturizm faoliyatlari orqali 2019-yilda 8 milliard AQSh dollari ekotizimlarni saqlab qolishga sarflandi.
Barqaror turizm har doim va har qanday vaziyatda mahalliy aholini qo'llab-quvvatlaydi, ularning madaniyatini saqlash va rivojlantirishga yordam beradi. 2021-yilda o'tkazilgan tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, mahalliy aholi va sayyohlar o'rtasidagi aloqalar 30% ga oshdi, bu esa mahalliy iqtisodiyotga ijobiy ta'sir ko'rsatadi.