Bayan shirey
Bayan shirey, Banans, Ag shirey – kechpishar vinobop uzum navi. Vatani – Ozarbayjon. Sharqiy ekologik-geografik navlar guruhiga kiradi. Tupi kuchli usadi. Bargi katta (diametri 19 – 22 sm), toʻgarak, besh, boʻlakchali, bargining usti silliq, orqasida tuklar deyarli yoʻq, cheti oʻtkir arra tishli. Guli ikki jinsli. Uzum boshi oʻrtacha kattalikda, silindr-konussimon, tigʻizligi oʻrtacha, ogʻirligi 200—250 g . Gʻujumi oʻrtacha (10 – 18 mm), yumaloq, sargʻish-yashil, sershira, poʻsti oʻrtacha qalinlikda. Mevasi faol harorat yigʻindisi 3500° boʻlganda (kurtak yozganidan boshlab 165 kunda) yetiladi. Tarkibida 18—20% qand bor. Hosildorligi 120—200 (yaxshi qaralganda 350) u/ga, kasalliklarga chidami oʻrtacha. Bu nav Zakavkazye, Oʻrta Osiyo, Shimoliy Kavkaz, Ukrainada rayonlashtirilgan. Oʻzbekistonning hamma hududlarida yaxshi oʻsadi. Sovuqqa chidamsiz. Koʻproq novda qoldirib, uzunroq qoʻyib kesiladi. Asosan vino mah-sulotlari va sharbat olish uchun yetishtiriladi (qarang Tok).
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- „Аг ширей“. Vinograd.info. Qaraldi: 2020-yil 27-sentyabr.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |