Begunoh oʻldirilganlarga
"Begunoh oʻldirilganlarga" yodgorligi — Rostov-na-Don markazida 1921-yildan 1961-yilgacha Rostov viloyati hududidan qatagʻon qilinganlar xotirasiga oʻrnatilgan yodgorlik majmuasi. Yodgorlik 1994-yil 30-oktabrda Siyosiy qatagʻon qurbonlarini xotirlash kunida Rostov viloyati „Memorial“ noqonuniy siyosiy qatagʻon qurbonlari uyushmasi va uning raisi, loyiha mualliflaridan biri E. I. Yemelyanov tashabbusi bilan ochilgan. Har yili 30-oktabrda siyosiy qatagʻon qurbonlari xotirasiga bagʻishlangan miting va memorialga gul qoʻyish marosimi oʻtkaziladi[1]. 1921-yildan 1961-yilgacha Rostov viloyatida 90 mingga yaqin odam siyosiy sabablarga koʻra qatagʻon qilingan, ulardan 16 130 nafari otib tashlangan. Dafn etilgan joylari nomaʼlum[2].
Tavsifi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yodgorlik uchta marmar stella va „Qaygʻu devori“ dan iborat. Markaziy stelaning sokoli qora rangga boʻyalgan, yuqori qismi oq va qizil gʻisht rangida; markazida toʻrtburchak xoch boʻlib, uning ikki tomoniga "Begunoh oʻldirilganlarga" degan bagʻishlov bitilgan. Yuqori qismida olti burchakli metall xoch va uning ostida ramziy panjara bor. Yodgorlik sokolida 192 ta lager roʻyxati va yodgorlik qurilishiga hissa qoʻshganlarning ism-shariflari yozilgan. Markaziy stelaning orqa tomonida diniy konfessiyalarning ramzlari, shuningdek, kommunistik harakat ramzi — bolgʻa va oʻroqli besh qirrali yulduz tasvirlangan. „Qaygʻu devori“ markaziy stela orqasida joylashgan. Unda asosiy lagerlar koʻrsatilgan SSSR xaritasi mavjud. Butun mamlakatda va xususan, Rostov viloyatida siyosiy qatagʻon qurbonlari haqida maʼlumotlar keltirilgan.
Yodgorlik 20 martadan ortiq buzib tashlangan. 2006-yilda shahar hokimligi hisobidan majmua qayta tiklandi. Marmar qoplamali plitalar metall bilan almashtirildi va „Qaygʻu devori“ uchun yangi maʼlumot stendi ishlab chiqarildi[3].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Мемориал невинно убиенным“ (ru). Памятники всего мира. Qaraldi: 2017-yil 19-yanvar.
- ↑ „Невинно убиенным“ (ru). Памятники Дона. Qaraldi: 2017-yil 19-yanvar.
- ↑ „Мемориал «Невинно убиенным» в Ростове-на-Дону“ (ru). Виртуальный музей ГУЛага. 2018-yil 20-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 16-iyun.