Bobo to‘qsabo madrasasi
Bobo to‘qsabo madrasasi | |
---|---|
Turi | madrasa |
Xarita |
Bobo to‘qsabo madrasasi Karbos guzarida joylashgan bo‘lib, 6 hujradan iborat bo‘lgan.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mir Arab madrasasi yaqinida Karbos bozori bo‘lgan ekan. Karbos guzari deyilganda shu joy ko‘zda tutilayotgan bo‘lishi mumkin. Bu madrasa inqilob davrida buzilib ketgan. Unda bir nafar mudarris bo‘lgan. Unga oid rasmiy hujjatlarning birida sadr a'lam Muhammad Orifxoja oliy hukmdorga yozgan arizasida shunday deyilgan: “Sizning oliy marhamatingiz tufayli mulla Nazarcha madrasasi mudarrisi mulla Tursun Fo‘lod nomli kimsa Bobobek to‘qsabo madrasasiga sarafroz etildi. Xoja Tuyg‘un guzari masjidi imomi mulla Sherg‘ozixoja uning bo‘sh qolgan joyiga o‘tishni xohlaydi. Imomlik haqi yigirma tilla. Mulla Nazarcha madrasasiga dars o‘tish sakkiz tilladan o‘n tillagachadir…”. Bobobek to‘qsabo tarjimai holiga doir ma'lumotlar hozircha uchramagan.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Buxoro ta'lim tizimi tarixi. Abdusattor Jumanazar. Toshkent: Akademnashr, 2017. – B. 213.