Boris Bibikov
Boris Bibikov | |
---|---|
Tavalludi |
1900-yil |
Vafoti |
5-noyabr 1986-yil (86 yoshda) Dushanbe Tojikiston |
Fuqaroligi | Rossiya Imperiyasi va SSSR |
Kasbi | Aktyor |
Boris Vladimirovich Bibikov (9-iyul 1900-yil, Serpuxov, Rossiya imperiyasi – 1986-yil 5-noyabr, Dushanbe, SSSR) – sovet teatr va kino aktyori, teatr rejissyori, teatr oʻqituvchisi. Uchinchi darajali Stalin mukofoti laureati (1950), Tojikiston SSRda xizmat koʻrsatgan artist (1964). Qoraqalpogʻiston ASSRda xizmat koʻrsatgan artist.
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]1900-yil 9-iyulda Rossiyaning Serpuxov qishlogʻida tavallud topgan.
Boris Bibikovning shogirdlari orasida: Vyacheslav Tixonov, Rufina Nifontov, Nonna Mordyukova, Maya Bulgakova, Nadejda Rumyantseva, Svetlana Drujinina, Leonid Kuravlev, Lyubov Sokolova, Sofiko Chiaureli, Yekaterina Savinova, Andrey Vertogradov, Tamara Belov va boshqa koʻplab taniqli aktyorlar bor. Arxiv maʼlumotlariga koʻra, u Serpuxovda emas, balki Moskvada dunyoga kelgan degan tahminlar ham mavjud.
1921-yilda M.Chexov rahbarligidagi teatr studiyasini tamomlagan. 1922-yildan Moskva badiiy teatrining 1-studiyasining aktyori. 1927—1932-yillarda – Inqilob teatri aktyori va rejissyor yordamchisi lavozimlarida faoliyat yuritgan. 1935-yildan u O.Pijova bilan birgalikda, koʻplab sahnalarda chiqishlar qilishgan. Oxir oqibat ular oila qurishgan.
1934—1941-yillarda GITISda oʻqituvchi boʻlib ishlagan. 1942-yildan VGIKda oʻqituvchi, 1949-yildan beri aktyorlik maktabiga rahbarlik qilgan.
1949-yilda Olga Pijova bilan birgalikda Markaziy bolalar teatrini (hozirgi RAMT) ochilishiga rahbarlik qilgan va teatrning ilk spektaklida rol ijro etganS 1942 bil pedagogom VGIKa, gde s 1949 goda sovmestno s O. I. Pijovoy rukovodil aktyorskoy masterskoy. Boris Bibikov koʻplab filmlarda rol oʻynagan, asosan generallar yoki olimlar rolini ijro etgan.
Olga Pijova vafotidan soʻng, 1978-yilda Boris Bibikov oʻz shogirdlaridan biri Malika Djurabekova bilan oila qurgan va u bilan birga vatani Dushanbega koʻchib oʻtgan. Toʻrt yil davomida Mirzo Tursunzoda nomidagi Tojikiston davlat sanʼat institutida dars bergan. B. V. Bibikov 1986-yil 5-noyabr kuni 87-yoshda Dushanbe shahrida vafot etgan. U Dushanbedagi pravoslav qabristoniga dafn etilgan.
1990-yilda Boris Bibikov xotiralari kitobi nashr etilgan[1].
Kinodagi faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Nikitskiy cherkovining kitobida keltirilishicha Boris 1900-yil 9-iyulda tugʻilgan va 18-iyulda choʻqintirilgan. Ota-onasi: zodagon, viloyat kotibi Vladimir Vasilyevich Bibikov va rafiqasi Natalya Vasilyeva boʻlishgan[2].
„Prixodite zavtra …“ filmi Yekaterina Savinovaning VGIKga qabul qilinishi haqidagi haqiqiy voqea asosida suratga olingan, Bibikov oʻzining prototipi boʻlgan professor Sokolov rolini ijro etgan.
Mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Boshqird Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasida xizmat koʻrsatgan artist (1959)
- Tojikiston SSR xizmat koʻrsatgan artist (1964)
- Qoraqalpogʻiston Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasida xizmat koʻrsatgan artist (1967)
- Stalin mukofoti, uchinchi darajali lauerati (1950)
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Театр и судьба: Воспоминания.
- ↑ „Метрическая книга за 1900 Церкви св. Василия Кесарийского в Тверской Ямской слободе“.[sayt ishlamaydi]