Kontent qismiga oʻtish

Konstansa

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Constanțadan yoʻnaltirildi)

KonstansaRuminiyaning janubi-sharqiy qismidagi shahar, Konstansa judetsining maʼmuriy markazi. Atrofidagi kurort rayonlar bilan birga alohida maʼmuriy birlik sifatida ajratilgan. Mamlakatning Qora dengiz sohilidagi muhim porti (yuk ortib-tushirish yiliga 15 mln. t). Konstansa va avtomobil yoʻllari tuguni. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Aholisi 342,2 ming kishi (1998). Mashinasozlik, xususan, kemasozlik — yetakchi sanoat tarmogʻi. Konstansa — jun sanoatining yirik markazlaridan. Oziqovqat, tikuvchilik, qurilish materiallari, sellyuloza-qogʻoz, mebel sanoati korxonalari, issiqlik elektr st-yasi mavjud. Baliq ovlash bazasi. Arxeologiya va badiiy muzeylar, teatr bor. Xalqaro ahamiyatdagi kurort shahar. Konstansa oʻrnida miloddan avvalgi 6-asrgacha yunonlar polney boʻlgan, 1878-yildan Ruminiya tarkibida. Meʼmoriy yodgorliklardan antik davrga xos turar joy, bazilika qoldiqdari (5—6-asrlar), masjidlar saqlangan.[1]

Yil Aholi
1853 5 200
1879 10 419
1900 13 000
1910 27 000
1930 59 000
1950 80 000
1970 172 000
1985 319 000
1992 350 581
2002 Decrease 310 471
2006 Decrease 306 200
2007 Decrease 304 900
2008 Decrease 303 712
2009 Decrease 302 171
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil