Dam olish uylari
Dam olish uylari - dam olish rejimi muayyan tartibga solingan sogʻlomlashtirish muassasalari. D.o.u. maxsus tibbiy kuzatuv va davoga muhtoj boʻlmagan sogʻlom kishilar uchun moʻljallangan. Shu jihatdan mineral suvlar, shifobaxsh balchiq bilan davolaniladigan va fizioterapiya qoʻllaniladigan sanatoriylardan farq qiladi (ayni vaqtda D.o.u.da dam olayotganlarga zarur boʻlganda tibbiy yordam koʻrsata oladigan tibbiyot xodimi boʻladi). D.o.u.da dam oluvchilar uchun iqlimiy, gigiyenik hamda madaniy-maishiy xizmat koʻrsatish sharoitlari, shuningdek, toʻla-toʻkis ovqatlanish tarzi eʼtiborga olinadi. D.o.u. umumiy (kattalar uchun), maxsus (oilaviy, yoshlar uchun) boʻlishi mumkin. 2 kunlik, 12 kunlik va 15 kunlikD.o.u. kengtarqalgan. Ularning ayrimlarida (palatka, lager) dam olish turizm bilan qoʻshib olib boriladi. Pansionatlar va dam olish bazalari ham mavjud.
Birinchi dam olish uyi Toshkent yaqinidagi Yalangʻoch qishlogʻida tashkil etilgan (1934) boʻlib, poytaxt i.ch. korxonalarining ilgʻorlari dam olishiga moʻljallangan. Oʻzbekistonda 1-kolxozchilar dam olish uyi Toshkent viloyati Qibray tumanida ochilgan (1947).
D.o.u.ga yoʻllanmalarning kupi kasaba uyushmasi tomonidan ijtimoiy sugurta mablagʻlari hisobiga bepul yoki imtiyozli narxda beriladi. D.o.u.da maʼlum rejimga rioya qilinadi, dam oluvchilar koʻproq vaqtni ochiq havoda (ekskursiyada, sport bilan shugʻullanib) oʻtkazadilar, ularga sogʻlom kishilarga moʻljallangan ovqatlar beriladi.
Oʻzbekistonda Kumushkon, Soʻqoq, Sumcha, Xoʻjakent, Xondiza, Samarqand, Fargʻona kabi mavsumiy va doimiy D.o.u. bor (2002).
Adabiyot
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |