Daniya — Ukraina munosabatlari
Daniya |
Ukraina |
Daniya — Ukraina munosabatlari Daniya va Ukraina oʻrtasidagi hozirgi va tarixiy munosabatlarga ishora qiladi. Daniyaning Kiyevda elchixonasi, Ukrainaning Kopengagenda elchixonasi bor. Daniya Ukrainani 1991-yil 31-dekabrda tan oldi va diplomatik munosabatlar 1992-yil 12-fevralda oʻrnatilgan[1].
Daniya Ukrainani Sharqiy hamkorlik dasturiga muvofiq qo‘llab-quvvatlaydi va Ukrainaning turli sektorlarini isloh qilishga hissa qo‘shdi. Daniya Ukraina uchun asosiy hamkor sifatida tilga olinadi[1].
Daniya Yevropa Ittifoqining aʼzosi boʻlib, Ukraina 2022-yilda ariza topshirgan. Har ikki davlat Yevropa Kengashi va Birlashgan Millatlar Tashkilotiga aʼzo.
Ilk aloqalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]1918-[2] yoki 1919-yil[3] Daniya Ukraina Xalq Respublikasini tan oldi[4].
1919-1991-yillarda Ukraina Ukraina Sovet Sotsialistik Respublikasi sifatida Sovet Ittifoqining bir qismi edi. Daniya esa Gʻarbiy blokning aʼzosi boʻlib, NATOning taʼsischi aʼzosi hisoblanadi.
Zamonaviy rishtalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Daniyaning Yevropa Ittifoqi kengashiga raisligi paytida Daniya Bosh vaziri Anders Fog Rasmussen Ukrainani Yevropa Ittifoqida olqishladi, biroq Ukraina Yevropa Ittifoqiga qo‘shilishdan oldin ko‘proq islohotlarga muhtojligini aytdi[5]. 2004-yilda Ukraina bilan aloqalarni mustahkamlash uchun Daniya Ukrainada elchixonasini ochdi[6].
2022-yilda Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishidan keyin Daniya Ukrainaga harbiy va harbiy boʻlmagan mablagʻlar hisobidan jami 257 million yevrolik yordam koʻrsatdi[7]. Daniya Ukrainaning Yevropa Ittifoqiga aʼzolik nomzodi maqomini qoʻllab-quvvatladi[8].
Yuqori darajadagi tashriflar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Daniya tashqi ishlar vaziri Niels Helveg Petersen 1998-yil sentabr oyida Ukrainaga tashrif buyurdi, tashrif chogʻida ikki davlat moliyaviy hamkorlik boʻyicha hukumatlararo protokol imzoladi[9]. 2007-yil mart oyida Ukraina Prezidenti Viktor Yushchenko Daniyaga tashrif buyurdi va Daniya rasmiylari bilan energetika, qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat sohasida hamkorlik bitimlarini imzolash boʻyicha uchrashuvlar oʻtkazdi[10]. 2011-yil may oyida Ukraina Bosh vaziri Nikolay Azarov valiahd shahzoda Frederikni Ukrainaga taklif qildi[11].
Harbiy hamkorlik
[tahrir | manbasini tahrirlash]= "Shimoliy lochin" operatsiyasi (2009)
[tahrir | manbasini tahrirlash]2009-yil mart oyida Amerika, Daniya va Ukraina harbiy-havo kuchlari Tule aviabazasidan 1,000 kilometr (600 mi) boʻlgan Nord stansiyasiga taxminan 140 000 gallon yoqilgʻi va 17 tonna yuk tashishdi[12]. Ukraina Ilyushin Il-76 bilan yordam berdi[13].
Ukraina Qurolli Kuchlariga yordam (2014-2022)
[tahrir | manbasini tahrirlash]Daniya 2014-yilda Donbasdagi urushdan keyin Ukraina Qurolli kuchlarining NATO yetakchiligidagi salohiyatini oshirish da qatnasha boshlagan. Daniya 2015-yildan keyin Britaniya boshchiligidagi Operation Interflex oʻquv missiyasida xodimlar ofisi, oʻquv guruhlari va tarjimonlar bilan ishtirok etdi. Bundan tashqari, Daniya Qirollik dengiz floti va Daniya qirollik armiyasi askarlari Ukraina askarlarini ham oʻqitdilar[14].
2022-yil yanvar oyida Daniya Rossiya-Ukraina inqirozi davom etayotganligi sababli Ukraina mudofaasini qoʻllab-quvvatlash uchun 164 million Daniya kronasi ajratdi[15].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 „Ukraine and Denmark“. 2021-yil 14-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 22-yanvar.
- ↑ Dmytro Doroshenko. History of Ukraine, 1917-1923 (2). Indiana University: Hetman Movement Leadership, 1973. Qaraldi: 2011-yil 7-iyun. „as early as July, 1918, the Danish government, through its consul in Kyjiv, Mr. Carlsen, initiated the establishment of de facto relations between Denmark and Ukraine.“
- ↑ „Political relations: History of Bilateral relations“. 2012-yil 9-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 7-iyun.
- ↑ Talmon, Stefan. Recognition of Governments in International Law. Oxford University Press, 1998. ISBN 0-19-826573-5.
- ↑ „Danish prime minister: More reforms needed before Ukraine can join European Union“. Kyivpost (2002-yil 4-iyul). 2020-yil 5-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 7-iyun.
- ↑ „Denmark to strengthen ties with Ukraine, open embassy in Kiev“. Newslibrary / DR (2004-yil 28-dekabr). 2012-yil 25-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 7-iyun.
- ↑ „Danish support for Ukraine“ (en). UM-ENEN. Qaraldi: 2022-yil 24-noyabr.
- ↑ „Данія готова підтримати надання Україні статусу кандидата на вступ до ЄС“ (uk). www.eurointegration.com.ua. Qaraldi: 2022-yil 24-noyabr.
- ↑ „Danish foreign minister in Ukraine to open 100m-dollar credit line“. NewsLibrary.com / Ukrainian Television First Programme (1998-yil 9-sentyabr). 2012-yil 25-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 7-iyun.
- ↑ „Yushchenko starts official visit to Denmark“. forUm (2007-yil 15-mart). 2012-yil 15-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 7-iyun.
- ↑ „Kronprins Frederik tager til Ukraine“ (da). Helsingør Dagblad (via Ritzau) (2011-yil 17-may). 2012-yil 25-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 7-iyun.
- ↑ „Ukrainians, Danes, Americans resupply remote outpost“. Air Force Space Command (2009-yil 27-mart). 2012-yil 11-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 8-iyun.
- ↑ „Danish-Ukrainian Air Foce Cooperation“. 2011-yil 19-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 8-iyun.
- ↑ „Forsvarets opgaveløsning i Ukraine“ (da). 2022-yil 2-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 25-yanvar.
- ↑ „Danmark lancerer ny millionstøtte til Ukraine“ (da) (2022-yil 16-yanvar). 2022-yil 25-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 25-yanvar.