Kontent qismiga oʻtish

Davlat Suvereniteti Kuni (Ozarbayjon)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Davlat Suvereniteti Kuni
Davlat Suvereniteti Kuni
Sana 20 sentyabr
Nishonlanishi Ozarbayjon
Qoidalari Ish kuni-hisoblangan bayram kuni

Davlat Suvereniteti Kuni – Antiterror operatsiyasidan keyin Ozarbayjon Respublikasida Davlat Suverenitetining barposi sharafiga nishonlanadigan kun. Prezident Ilhom Aliyevning 2024-yil sentabrning 19-kunida imzolagan “Ozarbayjon Respublikasida Davlat Suvereniteti kunining ta’sis etilishi haqida”gi farmoniga asosan nishonlanadi.

Tarixiy mazmun

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Birinchi Qorabog‘ urushida Armaniston Respublikasi Birlashgan Millatlar Tashkilotining Ustavini buzgan holda Ozarbayjon Respublikasiga qarshi bosqinchilik siyosatini amalga oshirgan va harbiy kuchdan foydalanib, Ozarbayjonning xalqaro miqyosda tanilgan hududining 20 foizini bosib olgan.[1] Armanistonda va bosib olingan Ozarbayjon tuproqlarida ozarbayjonliklarga qarshi etnik tozalash olib borilgan, insoniyatga qarshi jinoyatlar va harbiy jinoyatlar natijasida shahar va qishloqlar vayron bo‘lgan, bir qancha qatliom va Xodjali qirgʻini sodir etilgan.

2020-yilning sentabr-noyabr oylarida 44 kunlik Vatan urushi natijasida Ozarbayjon Qurolli Kuchlari yetti hududni – Jabroyil, Fuzuliy, Zangilan, Gubadli, Ag‘dam va Lachin tumanlarini, shuningdek, Shusha shahrini tamomila, Xo‘javand va Kalbajar tumanlarining katta qismini, Xo‘jali va Tartar tumanlarining esa bir qismini bosqindan ozod qilgandi.[1] Harbiy amaliyotlar 2020-yil noyabrining 10-kunida Ozarbayjon, Armaniston va Rossiya liderlari o‘rtasida imzolangan uch tomonlama bayonot bilan yakunlangan edi.[2] Bu bilan Ozarbayjon BMT Xavfsizlik Kengashining rezolyutsiyalarini bajarishga muvaffaq bo‘ldi.[3]

Uch tomonlama bayonotda Armaniston o‘z qo‘shinlarini Ozarbayjon hududlaridan to‘liq olib chiqib ketish majburiyatini o‘z bo‘yniga oldi. Biroq Armaniston, ayniqsa 2020-yildan keyin ishlab chiqarilgan qurol, o‘q-dorilarni, shu jumladan minalarni noqonuniy ravishda Rossiya tinchlikparvar kuchlari nazorati ostidagi Qorabog‘ hududiga olib o‘tgan, 480 kilometrgacha bo‘lgan kontakt liniyasi bo‘ylab yangi minalangan hududlar, 500 dan ortiq jangovar pozitsiyalar va mustahkamlangan uzoq muddatli otishma nuqtalari, turli tipdagi artilleriya qurilmalari uchun 350 dan ortiq o‘q otish joylari, razvedka-kuzatish uchun vositalarni o‘rnatgan. Bundan tashqari Armaniston mazkur hududda hujumkor amaliyotlarni amalga oshirishga qodir bo‘lgan harbiy kuchlarni jamlagan. [4]

2023-yil sentabrning 18-kunida Rossiyaning tinchlikparvar kuchlari vaqtincha joylashgan hududlarimizda Ozarbayjonning havo yo‘llaridan uchayotgan yo‘lovchi samolyotlarining GPS-navigatsiya tizimlariga qarshi noqonuniy ravishda arman qurolli guruhlari tomonidan radioto‘siqlardan foydalanilgan.[5] Buning natijasida Tbilisi-Boku yo‘nalishida parvoz qilayotgan “Ozarbayjon havo yo‘llari”ning E-190 tipli yo‘lovchi samolyotiga soat 20:28 dan 20:34 gacha radioto‘siqlarning qo‘llanilishi oqibatida GPS navigatsiya tizimlarida uzilish yuzaga kelgan.[6]

2023-yil 19-sentabr kuni Xo‘javand tumanida Ozarbayjon avtomobil yo‘llari davlat agentligiga tegishli avtomobil minaga to‘qnash kelgan. Buning oqibatida haydovchi va yo‘lovchi voqea sodir bo‘lgan joyning o‘zida vafot etgan.[7][8][9]

Keyinchalik xuddi o‘sha kuni Ozarbayjon avtomobil yo‘llari davlat agentligi xodimlarining o‘ldirilishi bilan natijalangan terrorchilik hodisasi yo‘nalishida harakatlanayotgan politsiya xodimlarining avtomobili minaga urilgan. Natijada Ichki ishlar vazirligining 4 nafar politsiyachisi halok bo‘lgan, 5 nafari esa turli darajadagi tan jarohatlari olgan.[10] Keyinchalik ma’lum bo‘lishicha, mashina tinchlikparvar kuchlar vaqtincha joylashgan hududda faoliyat yuritayotgan noqonuniy arman qurolli birlashmalarining qo‘poruvchilik-diversiya guruhi o‘rnatgan minaga borib tushgan.[11]

Xocavənd rayonu ərazisində minaya düşən Azərbaycan Avtomobil Yolları Dövlət Agentliyinə məxsus Hovo avtomobili mina partlayışından sonra

2023-yil sentabrning 19-kunida Ozarbayjonning Qorabog‘ iqtisodiy tumanida uyushtirilgan keng ko‘lamli provakatsiyalarning oldini olish va Armaniston qurolli kuchlarining qoldiqlarini qurolsizlantirib, tuproqlarimizdan chiqarish, mazkur hududlarda Ozarbayjon Respublikasida konstitutsiyaviy rejimni tiklash maqsadida terrorizmga qarshi operatsiya boshlandi. Jami 23 soat davom etgan va 20-sentabrda tugagan operatsiya natijasida Ozarbayjon armiyasi Ozarbayjon Respublikasining suverenitetini to‘liq tikladi. Ozarbayjonning Qorabog‘ hududida joylashgan Armaniston qurolli kuchlarining birlashmalari, noqonuniy arman qurolli guruhlari qurollarini tashlab, jangovar pozitsiyalari va harbiy postlarini tark etishdi. [12]

Ta’sis etilishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Davlat Suvereniteti Kuni Prezident Ilhom Aliyevning 2024-yil sentabrning 19-kunida imzolagan “Ozarbayjon Respublikasida Davlat Suvereniteti kunining ta’sis etilishi haqida”gi farmoniga asosan nishonlanadi. Farmonda shunday deyiladi:[13]

“Ozarbayjon Respublikasi Konstitutsiyasining 109-moddasining 32-bandini asoslanib, 2023-yil sentabr oyining 20-kunida Ozarbayjon Respublikasining butun hududida qonun ustuvorligi va Ozarbayjon Respublikasining davlat suverenitetining ta’minlanganligini inobatga olgan holda qaror qabul qilaman:

1. Har yili sentabrning 20-kuni Ozarbayjon Respublikasida Davlat Suvereniteti kuni sifatida nishonlansin.

2. Ozarbayjon Respublikasining Vazirlar Mahkamasi bu Farmon asosida kelib chiqadigan masalalarni hal qilsin.

Tashqi malumot

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qorabogʻ inqirozi (2023)

  1. 1,0 1,1 Prezident Kitabxanası (Azərbaycan).. „Azərbaycan Prezidentinin İşlər İdarəsinin Prezident Kitabxanası // Xronoligiya – Ermənistan-Azərbaycan münaqişəsi“ (az) (2022-yil 4-avgust). 2023-yil 30-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 2-avgust.
  2. President.az (Azərbaycan Prezidentinin rəsmi saytı).. „İlham Əliyev xalqa müraciət edib“ (az) (2022-yil 4-avgust). 2023-yil 30-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 2-avgust.
  3. „Azərbaycanda Dövlət Suverenliyi Günü təsis edildi — Sərəncam“ (az). Qafqazinfo (2024-yil 19-sentyabr). 2024-yil 19-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 19-sentyabr.
  4. „Ağdərədə ermənilərə məxsus dayaq məntəqəsi aşkarlanıb, tank götürülüb“ (az). Report İnformasiya Agentliyi (27-mart). 2024-yil 5-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5 iyul 2024.
  5. Azərbaycan Dövlət İnformasiya Agentliyi (AZƏRTAC).. „Müdafiə Nazirliy: Qanunsuz erməni silahlıları sərnişin təyyarəsinə qarşı növbəti dəfə radiomaneələr tətbiq edib VİDEO“ (az) (2023-yil 20-sentyabr). 2023-yil 20-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 20-sentyabr.
  6. Azərbaycanın Müdafiə Nazirliyinin rəsmi internet səhifəsi.. „Müdafiə Nazirliyinin məlumatı“ (az) (2023-yil 20-sentyabr). 2023-yil 19-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 20-sentyabr.
  7. Azərbaycan Dövlət İnformasiya Agentliyi (AZƏRTAC).. „Xocavənddə avtomobil minaya düşüb, sürücü və sərnişin ölüb“ (az) (2023-yil 20-sentyabr). 2023-yil 20-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 20-sentyabr.
  8. Azərbaycan Dövlət İnformasiya Agentliyi (AZƏRTAC).. „Xocavənddə baş verən partlayışla bağlı cinayət işi başlanılıb“ (az) (2023-yil 20-sentyabr). 2023-yil 20-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 20-sentyabr.
  9. Azərbaycan Dövlət İnformasiya Agentliyi (AZƏRTAC).. „AAYDA Xocavəndə baş verən partlayışla bağlı məlumat yayıb“ (az) (2023-yil 20-sentyabr). 2023-yil 19-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 20-sentyabr.
  10. Azərbaycan Dövlət İnformasiya Agentliyi (AZƏRTAC).. „Daxili İşlər Nazirliyinin polislərinə qarşı törədilmiş terror hadisəsi ilə bağlı cinayət işi açılıb“ (az) (2023-yil 20-sentyabr). 2023-yil 20-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 20-sentyabr.
  11. Azərbaycan Dövlət İnformasiya Agentliyi (AZƏRTAC).. „Xocavənddə baş verən terror hadisəsi zamanı həyatını itirən DİN polislərinin sayı 4-ə çatıb“ (az) (2023-yil 20-sentyabr). 2023-yil 20-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 20-sentyabr.
  12. Azərbaycan Dövlət İnformasiya Agentliyi (AZƏRTAC).. „Məlumat vərəqələri antiterror tədbirlərinin aparıldığı ərazidə paylanılır“ (az) (2023-yil 20-sentyabr). 2023-yil 23-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 20-sentyabr.
  13. „Azərbaycan Respublikasında Dövlət Suverenliyi Gününün təsis edilməsi haqqında Azərbaycan Respublikası Prezidentinin Sərəncamı“. president.az (2024-yil 19-sentyabr). 2024-yil 19-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 19-sentyabr.