Kontent qismiga oʻtish

Davron Vahobov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Davron Vahobov (Vaxabov Davron Abdujalalovich) - davlat va jamoat arbobi. 2022-yildan O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi, Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti rektori.[1] [2]

Tarjimai holi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Vaxabov Davron Abdujalalovich 1981-yili Toshkent viloyati Quyichirchiq tumanida tug‘ilgan. Millati o‘zbek, ma’lumoti oliy. 2001-yil Toshkent kimyo-texnologiya institutini, 2003-yil Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini, 2007-yil Toshkent davlat yuridik universitetini tamomlagan. Ixtisosligi - muhandis-texnolog, xalqaro biznes, huquqshunos. “Do‘stlik” ordeni sohibi

Mehnat faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mehnat faoliyatini 2001-yilda Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi qayta oʼqitish markazi bosh mutaxassisi lavozimidan boshlagan. 2002-2004 yillarda Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi “Oʼzbekekspertiza” OАJ tovarlar sertifikatsiyasi boʼlimi mutaxassisi, 2004-2015 yillarda Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi “Oʼzbekekspertiza” OАJ Sergeli filiali rahbari, 2015-2016 yillarda “Аgroprom Terminal” masʼuliyati cheklangan jamiyati direktori oʼrinbosari vazifalarida ishlagan.

2016-2018- yillarda “Oq Saroy Textile” MCHJ modernizatsiya va loyihalashtirish bo‘limi boshlig‘i, 2018-2019-yillarda “Ostex Colour” MCHJ direktori, 2020-2022- yillarda “O‘zto‘qimachiliksanoati” uyushmasi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan[3]. 2022-yil 25-martdan O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi[4], 2022-yil 6-iyuldan Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti rektori[5] lavozimlarida faoliyat yuritmoqda.