Dispozitsiya
Dispozitsiya — huquq normasini tarkibiy qismi hisoblanib
unda gipotezada koʻrsatilgan holatlar mavjud boʻlganida huquq subʼektlari rioya etishlari lozim hisoblangan xatti-harakat qoidasi.[1] '' Dispozitsiya'' so'zi lotin tilidan olingan bo'lib, ''joylashish'' degan ma'noni anglatadi.
O'z navbatida dispozitsiya tuzilishiga ko'ra quyidagi turlarga bo'linadi:
1) Tavsiflovchi dispozitsiya – huquq subʼektlarining subʼektiv huquq va yuridik majburiyatlari hamda xatti-harakatlarining toʼliq bayonini ifoda etiladi. Masalan, Jinoyat kodeksining 169-moddasi “Oʼgʼrilik”, yaʼni oʼzganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish (qonunda, garchand bu mantiqan oʼrinli boʼlmasada, talon-toroj qilish deb yozilgan). Bunda norma dispozitsiyasi hammaga tushunarli boʼlishi uchun maʼlum bir maʼnoda, qisqa shaklda izoh beriladi.
2) Blanket dispozitsiya - huquq normasida koʼrsatilgan huquq subʼektlarining subʼektiv huquq va yuridik majburiyatlarining mazmunini aniqlash uchun boshqa hujjatlarning normalarida belgilangan tegishli qoidalarga havola qiladi.
3) Havola etuvchi dispozitsiya - deganda qoʼllanayotgan huquq normasi mansub boʼlgan normativ-huquqiy hujjatning boshqa normasiga (masalan, Jinoyat kodeksining 110-moddasi – “Qiynash”) yoki boshqa normativ-huquqiy hujjatga murojaat etishni nazarda tutuvchi dispozitsiya havola etuvchi dispozitsiya sifatida tushuniladi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Oʻzbekiston Yuridik ensiklopediyasi