Kontent qismiga oʻtish

Dono Boboyeva

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Dono Razzoqovna Boboyeva
Tavalludi 10-yanvar 1968-yil (1968-01-10) (56 yosh)
Toshkent, Oʻzbekiston SSR
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Kasbi pedagog
Sohasi pedagogika
Taʼlimi Toshkent davlat pedagogika instituti
Ilmiy darajasi pedagogika fanlari nomzodi
Ilmiy unvoni professor

Dono Razzoqovna Boboyeva (1968-yil 10-yanvar, Toshkent, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbekistonlik olima, pedagogika fanlari nomzodi, professor.

Dono Boboyeva 1968-yil 10-yanvar Toshkent shahrida tugʻilgan[1]. 1992-yilda Toshkent davlat pedagogika institutini tugatgan. 1985—1986-yillarda Toshkent shahridagi 528-bolalar bogʻchasida tarbiyachi yordamchisi, 1987—1996-yillarda Toshkent shahridagi 528-bolalar bogʻchasi tarbiyachisi, 1997—1999-yillarda Toshkent davlat pedagogika universiteti aspiranti, 2000—2001-yillarda universitetning „Maktabgacha va oila taʼlimi“ kafedrasi oʻqituvchisi, 2001—2002-yillarda „Umumiy pedagogika“ kafedrasi oʻqituvchisi, 2002—2012-yillarda „Umumiy pedagogika“ kafedrasi dotsenti, 2012—2018-yillarda „Maktabgacha taʼlim“ kafedrasi dotsenti, 2018—2019-yillarda „Maktabgacha taʼlim metodikasi“ kafedrasi professor vazifasini bajaruvchi sifatida faoliyat koʻrsatgan. 2020-yildan „Maktabgacha taʼlim metodikasi“ kafedrasi professori[1].

Ilmiy faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2001-yilda „Tevarak-atrofni oʻrganishda maktabgacha katta yoshdagi bolalarning bogʻlanishli nutqini rivojlantirish“ mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 2005-yil dotsent, 2020-yilda professor ilmiy unvoni berilgan. 1 ta monografiya, 6 ta oʻquv qoʻllanma, 3 ta darslik , 1 ta elektron darslik, 126 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifi[1].

  1. 1,0 1,1 1,2 Oʻzbekistonning taniqli olimlari ensiklopediyasi, 1-tom (oʻzbekcha), Toshkent: Science and Innovation, 2022 — 342-bet.