Duodenostaz
Qiyofa
Duodenostaz — oʻn ikki barmoq ichak (qarang Ingichka ichak) harakat faoliyatining buzilishi. Bunda ichakda suyuq boʻtqaga oʻxshash ovqat luqmasi (ximus) turib qoladi. Oʻn ikki barmoq ichak yoʻlining mexanik sabablarga koʻra qisman toʻsilib qolishi (yalligʻlanish, oʻsma va hokazo tufayli), unda nerv taʼminotining buzilishi va b. sabab boʻladi. Meʼda va ichak sohasida ogʻriq, ayniqsa ovqat isteʼmol qilgandan soʻng koʻngil aynishi, qusish kuzatiladi. Rentgenologik, fibroskopik, monometrik va b. tekshirishlar asosida tashhis qoʻyiladi. Kasallik asosan jarrohlik yoʻli bilan davolanadi.
Adabiyot
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |