Kontent qismiga oʻtish

Elita (seleksiya)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Elita — seleksiya natijasida olingan va koʻpaytirish yoki urchitish uchun foydalaniladigan eng yaxshi urugʻ, oʻsimlik yoki hayvonlar. Oʻsimliklar seleksiyasida yangi nav chiqarish uchun populyatsiyadan, urugʻchilik ekilayotgan navdan tanlab olinadigan eng sara oʻsimliklar avlodi E. deyiladi. E. urugʻlar nashing xususiyatlari va irsiy belgilarini avlodga toʻliqroq oʻtkazadi, keyingi reproduksiyalarga nisbatan eng yuqori nav sofligiga, 1sinf standartidan kam boʻlmagan unuvchanlik sifatlariga ega boʻladi. E. urugʻlari ilmiy tekshirish muassasalari va qishloq xoʻjaligi oliy oʻquv yurtlarining oʻquvtajriba xoʻjaliklarida nav almashtirish va nav yangilash uchun yetishtiriladi. Chorvachilikda E. va E.rekord sinflariga eksteryeri, konstitutsiyasi, nasliy sifatlari va mahsuldorligi boʻyicha 1bonitirovka sinfiga qoʻyiladigan talablardan yuqori boʻlgan chorva hayvonlari kiritiladi.