Kontent qismiga oʻtish

Evelyn Anthony

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Evelyn Anthony

Evelyn, 1986-yil
Tavalludi
Evelyn Bridget Patricia Stephens

3-iyul 1926-yil
Lambeth, London, Buyuk Britaniya
Vafoti 25-sentyabr 2018-yil(2018-09-25)
(92 yoshda)
Horham Hall, Essex, Buyuk Britaniya
Taxallusi Evelyn Anthony
Ijod qilgan tillari Ingliz tili
Fuqaroligi Birlashgan Qirollik
Turmush oʻrtogʻi
Michael Ward-Thomas
(turm. 1955; vaf. 2004)
Bolalari 6 nafar

Evelyn Bridget Patricia Ward-Thomas (1926-yil 3-iyulda tugʻilgan – 2018-yil 25-sentyabrda vafot etgan) – Evelyn Anthony taxallusi bilan ijod qilgan mashhur ingliz yozuvchisi. Londonning Lambeth shahrida tugʻilgan. Anthony juda sermahsul yozuvchilik faoliyatiga ega boʻlib,1971-yilda yozilgan „The Tamarind Seed“ romani kamida 19 tilga tarjima qilingan. 1974-yilda ushbu roman asosida film ham suratga olingan. Filmda Julie Andrews Judit Farrou rolini gavdalantirgan.

Yoshlik davri va taʼlimi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Evelyn Bridget Patricia Stephens 1926-yil 3-iyulda Londonning Lambeth shahrida tugʻilgan. Otasi Henry Christian Stephens Qirollik dengiz floti koʻngillilar qoʻriqxonasining leytenanti edi. Onasining ismi Elizabeth Stephens boʻlgan[1][2]. Evelynning Phyllis ismli katta opasi ham bor edi[3]. Bobosi Henry Stephens oʻchmaydigan siyoh ixtiro qilgan va shu orqali boyib ketgan. Natijada, Anthonyning oilasiga katta miqdordagi boylik meros qolgan[4]. Bundan tashqari, Anthonyning otasi gumbazli trenajyor ixtiro qilgan, bu esa harbiylarga jang oldidan mashq qilishni osonlashtirgan[3][5].

Anthony bolaligidanoq kitob mutoalasiga qiziqqan va oʻn yoshidan boshlab Roehamptondagi Convent of the Sacred Heart maktabida tahsil olgan[4][3]. Ikkinchi jahon urushi paytida Gʻarbiy mamlakatga evakuatsiya qilingan[6]. Ota-onasi Evelyn 12 yoshga toʻlganida ajrashgan. Ajrimdan soʻng otasini sogʻligʻi yomonlashgan. Anthonyning otasi bilan munosabati yaxshi boʻlganligi sababli 2 yil davomida otasiga gʻamxoʻrlik qilgan[4].

Anthony oʻzining yozuvchilik faoliyatini oʻn yetti yoshida ayollar jurnallarida qisqa hikoyalar nashr etish bilan boshlagan[4]. U Evelyn Anthony taxallusi ostida ijod qilgan. Evelyn gender tengligi, Anthony esa yoʻqolgan narsalarning homiysi padualik Avliyo Anthony nomidan olingan[4]. Uning ilk romanlari, asosan, tarixiy janrda yozilgan. 1953-yilda „Rebel Princess“ asari nashr qilingan. Ushbu roman Romanov trilogiyasining birinchi qismi boʻlib, Buyuk Yekaterina II Alekseyevnaga bagʻishlagan. Shuningdek, yozuvchining „Anne Boleyn“ (1957), „Victoria and Albert“ (1958) va „Anne of Austria“ (1968) kitoblari nashr etilgan[4][3]. Uning „Far Fly The Eagles“ (1955) va „Valentina“ (1966) asarlari Napoleonning Rossiyaga bostirib kirishi paytida yozilgan.

1969-yilda „The Legend“ asarini chop etganidan soʻng, Anthony josuslik mavzusidagi romanlarga eʼtibor qarata boshlagan. Yozuvchi oʻsha vaqtlarda bunday janrda ijod qilgan kam sonli ayol ijodkorlardan edi[3][7]. „The Rendezvous“ (1967) va „The Poellenberg Inheritance“ (1972) romanlarini yozishda Anthonyni razvedka zobitlaridan biri Desmond Bristou ilhomlantirgan[8].

Evelyn Anthonyning soʻnggi romani „Mind Games“ (2005) asari boʻlgan[3]. Yozuvchi asarlari eng koʻp sotilgan mualliflardan biri boʻlgan va uning kitoblari kamida oʻn toʻqqiz tilga tarjima qilingan[3]. Anthonyning eng mashhur romani "The Tamarind Seed" (1971) boʻlib, 1974-yilda ushbu asar asosida film suratga olingan. Unda Julie Andrews Britaniya Ichki ishlar vazirligi xodimi Judith Farrow rolini, Omar Sharif Sovet havo attashesi Feodor rolini ijro etgan[9]. Uning ikkita romani – „Anne Anne Boleyn“ (1956) va „Victoria“ (1957) – Amerika Qoʻshma Shtatlarining Literary Guild mukofotiga sazovor boʻlgan. „The Occupying Power“ asari esa 1973-yilda „Yorkshire Post“ mukofoti bilan taqdirlangan[10].

Evelyn Anthony The Dorchesterda Consolidated African Selection Trust kompaniyasining ijrochi direktori Michael Ward-Thomas bilan uchrashgan va ular bir-birlarini yoqtirib qolishgan. Bir necha oydan soʻng, 1955-yilning 16-aprelida ular turmush qurishgan[4][3][10]. 1957–1965-yillar oraligʻida er-xotin toʻrt oʻgʻil va ikki qiz farzandli boʻlishgan.

Anthony qurolli kuchlar aʼzolari va ularning oila aʼzolari bilan birgalikda xayriya ishlarida qatnashgan[3]. U 1994-yilda Essexdagig birinchi ayol oliy sherifga aylangan[4][3]. Keyingi yili yozuvchining qizi Kitty geroinni haddan tashqari ortiq dozada qabul qilgani tufayli vafot etgan. Bu Evelynga qattiq taʼsir qilgan, natijada yetti yil davomida ijod qilmagan[4]. 2004-yilda uning eri insultdan vafot etgan[4]. Evelyn Bridget Patricia Ward-Thomas 2018-yil 25-sentyabr kuni Horham Hallda 92 yoshida yurak yetishmovchiligidan vafot etgan[4][3].

Quyidagi asarlar yozuvchining tarixiy romanlari hamda trillerlarini oʻz ichiga oladi:

  • Rebel Princess (Keyinchalik Imperial Highness deb nomlangan) (1953)
  • Curse Not the King (1954)
  • Far Fly The Eagles (1955)
  • Anne Boleyn (1957)
  • Victoria and Albert (1958)
  • Elizabeth aka All the Queenʼs Men (Thomas Y. Crowell, 1960)
  • Charles the King (Doubleday, 1961)
  • Clandara (Hurst & Blackett, 1963)
  • The French Bride (1964)
  • The Heiress (Hurst & Blackett, 1964)
  • Valentina (Hurst & Blackett, 1966)
  • The Rendezvous (1967)
  • Anne of Austria (Hurst & Blackett, 1968)
  • The Legend (1969)
  • The Assassin (Hutchinson, 1970)
  • The Tamarind Seed (Hutchinson, 1971)
  • The Poellenberg Inheritance (Hutchinson, 1972)
  • The Occupying Power aka Stranger at the Gates (Hutchinson, 1973)
  • The Malaspiga Exit yoki Mission to Malaspiga (Hutchinson, 1974)
  • The Persian Ransom (Hutchinson, 1975)
  • The Silver Falcon (Hutchinson, 1977)
  • The Return (Hutchinson, 1978)
  • The Grave of Truth (Hutchinson, 1979)
  • The Defector (Hutchinson, 1980)
  • The Avenue of the Dead (Hutchinson; Cowrad McCann, 1981)
  • Albatross (Hutchinson, 1982)
  • The Company of Saints (Hutchinson, 1983)
  • Voices on the Wind (Hutchinson, 1985)
  • No Enemy But Time (Hutchinson, 1987)
  • The House of Vandekar (Hutchinson, 1988)
  • The Scarlet Thread (Hutchinson, 1989)
  • The Relic (1991)
  • The Doll’s House (Bantam, 1992)
  • Exposure (1994)
  • The Heiress (1994)
  • Bloodstones (Bantam, 1994)
  • The Legacy (Bantam, 1997)
  • A Dubious Legacy (2002)
  • Codeword Janus (2002)
  • Sleeping with the Enemy (2003)
  • Betrayal (2004)
  • No Resistance (2004)
  • Mind Games (2005)
  • The Defector (2015)
  • The Avenue of the Dead (2015)
  • The Company of the Saints (2015)
  • Rebel Prince (2015)
  1. Kean. „Evelyn Anthony obituary“. The Guardian (2018-yil 10-oktyabr). Qaraldi: 2018-yil 24-oktyabr.
  2. Baker. „Anthony, Evelyn (1926–2018), novelist“ (en). Oxford Dictionary of National Biography (2022). DOI:10.1093/odnb/9780198614128.013.90000380400. Qaraldi: 2022-yil 16-dekabr.
  3. 3,00 3,01 3,02 3,03 3,04 3,05 3,06 3,07 3,08 3,09 3,10 Baker. „Anthony, Evelyn (1926–2018), novelist“ (en). Oxford Dictionary of National Biography (2022). DOI:10.1093/odnb/9780198614128.013.90000380400. Qaraldi: 2022-yil 16-dekabr. Manba xatosi: Invalid <ref> tag; name ":1" defined multiple times with different content
  4. 4,00 4,01 4,02 4,03 4,04 4,05 4,06 4,07 4,08 4,09 4,10 Kean. „Evelyn Anthony obituary“. The Guardian (2018-yil 10-oktyabr). Qaraldi: 2018-yil 24-oktyabr.
  5. Sandomir, Richard. „Evelyn Anthony, Writer of Spy Thrillers, Dies at 92“ (en-US). The New York Times (2018-yil 19-oktyabr). Qaraldi: 2022-yil 17-dekabr.
  6. Hayes. „Evelyn Anthony“. www.mysterypeople.co.uk. 2014-yil 20-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 29-fevral.
  7. Sandomir, Richard. „Evelyn Anthony, Writer of Spy Thrillers, Dies at 92“ (en-US). The New York Times (2018-yil 19-oktyabr). Qaraldi: 2022-yil 17-dekabr.
  8. „Evelyn Anthony obituary: Essex's first female High Sheriff in 700 years“ (en). The Irish Times. Qaraldi: 2022-yil 17-dekabr.
  9. Canby, Vincent. „Screen: 'The Tamarind Seed' Arrives:The Cast“ (en-US). The New York Times (1974-yil 12-iyul). Qaraldi: 2022-yil 16-dekabr.
  10. 10,0 10,1 „Evelyn Anthony obituary: Essex's first female High Sheriff in 700 years“ (en). The Irish Times. Qaraldi: 2022-yil 17-dekabr.