Farididdin Attor maqbarasi
Qiyofa
Farididdin Attor maqbarasi | |
---|---|
آرامگاه عطار نیشابوری | |
Farididdin Attor maqbarasi | |
Umumiy maʼlumot | |
Maqomi | Ochiq |
Meʼmoriy uslubi | Fors meʼmorchiligi |
Shahar | Nishopur |
Mamlakat | Iran |
Farididdin Attor maqbarasi |
Nishopurdagi Farididdin Attor maqbarasi (forscha: آرامگاه عطار نیشابوری) Eronning shimoli-sharqidagi Nishopur shahrida, Umar Xayyom maqbarasi yaqinida joylashgan[1]. Tuzilishi sakkiz burchakli boʻlib, koshin bilan bezakgan piyoz shaklidagi gumbazga ega. Uning 4 ta kirish qismi bor, shimoliy qismi asosiy kirish joyidir. Tuzilishi rangli (yashil, sariq va koʻk) koshinlar va oʻyma naqshlar bilan bezatilgan. Ichki maydon gips bilan qoplangan. Maqbara taxminan 119 kvadrat metr maydonni egallagan bogʻ hududida joylashgan. Taniqli rassom Kamol-ul-mulkning qabri ham shu bogʻning bir qismida joylashgan. Bu maqbara dastlab Alisher Navoiy buyrugʻi bilan Eronda Temuriylar sulolasi hukmronligi davrida qurilgan.
Galereya
[tahrir | manbasini tahrirlash]-
Nishopurlik Farididdin Attor maqbarasi va Kamal-ul-Mulk maqbarasi
-
Attor haykali
-
Nishopurdagi Farididdin Attor maqbarasining eski koʻrinishi
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Rypka, Jan „Poets and Prose Writers of the Late Saljuq and Mongol Periods“, . The Cambridge History of Iran, Volume 5: The Saljuq and Mongol Periods. Cambridge: Cambridge University Press, 1968. ISBN 0-521-06936-X.