Kontent qismiga oʻtish

Fitonsidlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Fitonsidlar (fito... va lot. caedo — oʻldiraman) — oʻsimliklar hosil qiladigan faol modda, boshqa organizmlar (asosan, mikroblar)ni oʻldiradi yoki ularning oʻsish va rivojlanishini toʻxtatadi.Fitonsidlarni asosan ochiq urug‘li o‘simliklar ishlab chiqaradi. Masalan archa qoraqarag‘ay va boshqalar.F. oʻsimliklar immuniteti va biotsenozlardagi organizmlarning oʻzaro munosabatlarida muhim ahamiyatga ega. Kimyoviy tarkibi boʻyicha — glikozidlar, terpenoidlar va boshqa ikkilamchi metabolitlardan iborat. Daraxtlar (asosan, ignabarglilar)ning F. ishlab chiqarish xususiyati shaharlarni koʻkalamzorlashtirishda ahamiyatga ega. Piyoz, sarimsoq, yerqalampir va boshqa oʻsimliklar F.i qoʻshilgan preparatlar tibbiyotda qoʻllanadi.Fitonsidlar yuqorida ta‘kidlanganidek bakteriyalarni o‘ldiradi.Shuning uchun shifoxona dam olish maskanlariga ko‘plab ochiq urug‘li o‘simliklar ekiladi va nafas yo‘llari kasalliklari bodni davolashda asabni tinchlantirishda qo‘llanadi.