Bolosoy
Qiyofa
(Forishsoydan yoʻnaltirildi)
Bolosoy | |
---|---|
Tavsif | |
Uzunligi | 25 |
Davlat | Oʻzbekiston |
Bolosoy, Forishsoy — Jizzax viloyati Forish tumanidagi soy. Nurota tizmasining shim. yon bagʻri (1800 m) dan boshlanadi. Uzunligi 25 km, havzasining maydoni 18 km². Bolosoy bosh qismida koʻp joylarda qoyali daralardan iborat tor vodiyda, shagʻal va harsang toshli serostona oʻzanda oqadi. Bolosoy kamsuv soy, oʻrtacha suv sarfi 80 l/sek. Bolosoy da asosan erta bahorda, qor erigan va yomgʻir yoqqan vaqtlarda sersuv boʻladi, yozda tekislik qismida soy qurib qoladi. Bolosoy Forish qishlogʻi yerlarini sugʻoradi.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |