Kontent qismiga oʻtish

Fornarina

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Fornarina nomi bilan tanilgan Rafael Santining sevgilisi Margarita Luti. Fornarina nomi ,,Novvoyning qizi" degan maʼnoni anglatadi

Fornarina — Haqiqiy ismi Margarita Luti boʻlgan italyan ayoli. Fornarina nomi „Novvoyning qizi“ degan maʼnoni bildiradi. Ushbu ayol Rafael Santining seviklisi va asarlarining modeli sifatida mashhur.[1]

Rafaelning suyuklisi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Rafael ismini eshitgan sanʼatshunosning koʻz oldiga darhol goʻzal asarlar keladi. Albatta, bu goʻzal asarlarda tasvirlangan qiz va u haqidagi yarmi chin, yarmi afsonaga aylangan hikoya ham goʻzal boʻlishi tarafdori koʻpchilik. Lekin hamma narsa ham biz oʻylagandek boʻlib chiqavermaydi. Anglaganingizdek gap Rafaelning sevimli modeli, baʼzi manʼbalarda sevgilisi, deya keltirilgan Fornarina haqida.

Novvoyning qizi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Asl ismi Margerita Luti boʻlgan qizning kelib chiqishi italiyalik nonvoylardan boʻlgan. Fornarina esa tahallus. Italyanchasiga "nonvoy qiz degani. Qiz shahsiyati haqidagi klassik afsona elementlarining aksariyati XVIII-XIX asrlarga kelib tarqalgan. U toʻqima yoki tarixiy shahs boʻlganligi hali ham tadqiq qilib kelinmoqda.

Koʻpchilik sanʼatshunoslarning fikriga koʻra, Fornarina Rafaelning mashhur ikki rasmida — „Donna Velata“ (1514-1515 y.) va „Fornarina“da (1518-1519 y) tasvirlangan. Bundan tashqari, u, olimlar fikricha, „Sikstin Madonnasi“sining (1513-1514 y) prototipi, shuningdek, Rimda yaratilgan Rafaelning boshqa asarlariga ham naʼmuna qilib olingan.[2]

Birinchi va hayotiylikka yaqin tahminga koʻra, italiyalik nonvoy Franchesko Lutining qizi boʻlgan Fornarinani Rafael oʻz asariga protip izlab koʻcha kezib yurar ekan, toʻsattan uchratib qoladi. Shunchaki uchratibgina qolmay, sevib qoladi. Otasi qiz va rassom oʻrtasidagi bu munosabatga qarshi edi. Chunki shundoq ham kambagʻallikdan aziyat chekayotgan nonvoyga qizining qandaydir bir „rasm“ uchun sutkalab qotib turishi befoyda edi. Rafael buni tushingani holda qizni otasidan 3000 tillaga sotib oladi. Bundan tashqari, nonvoyning bir uyini ijaraga ham olgan.

Nomunosib hayot

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shu tariqa Fornarina va rassom munosabatlari Rafael vafotigacha, 12 yil davom etgan. Bu davr haqida boshqa maʼlumotlarga koʻra, qiz Rafaelning buyurtmachisi boʻlgan Agostino Chigi bilan ishqiy munosabatda boʻlganligi haqida gaplar bor. Manbalarda yozilishicha, papa vakili oʻlayotgan Rafaelning toʻshagiga kelganida, ruhoniy yigʻlayotgan qizni bemor yonidan chiqib ketishini talab qilgan, chunki rassom papa bilan xayrlashish soʻzlarini qizning huzurida aytishni istamagan ekan. Shunga asoslanib koʻpchilik bu voqea bekorga emasligini taʼkidlaydi. 37 yoshli Rafaelning erta vafotidan keyin vasiyatiga binoan, qizga yetarli boylik qolgan. Shunga qaramay, u buzuq hayot kechirishni davom ettirgan.

  1. „A few of Raphael’s paintings where Margherita Luti has been potentially identified“. stephaniestorey.com. Qaraldi: 2022-yil 5-iyul.
  2. „The Painter and the Peasant Girl: Raphael’s Mysterious Love“. timelessitaly.wordpress.com. Qaraldi: 2022-yil 5-iyul.