Foydalanuvchi:ABDUKARIMOVNA.usa
Ravishlarning ma’no turlari
Holat
Harakat- holatning qanday holatda bajarilganini bildiradigan Ish-harakatning qay tarzda, qay holatda bajarilishini bildirib, qanday? qay tarzda? qanday qilib? kabi so`roqlarga javob bo`ladi: asta, sekin, tez, piyoda, ayov, qo`qqisdan, tasodifan, xomlay, ochin-to`kin, butunligicha, jim, darhol, zo`rg`a, birdan, birga, majburan, yaqqol, harbiylarcha, o`zbekcha, yuzma-yuz, ochiq-oydin kabi.
Payt
Harakat- holatning bajarilish yoki bajarilmaslik paytini bildirib, qachon? qachongacha? qachondan beri? kabi so`roqlarga javob beradi.
hozir, boya, hali, endi, oldin, burun, avval, qadim, bultur, tunov kun, yaqinda, hamisha, hanuz, hamon, bugun, indin, keyin, so`ng, yiliga, dastlab, har kuni, erta-indin, erta-kech, qishin-yozin kabilar kiradi.
O‘rin
Harakat- holatning bajarilish yoki bajarilmaslik o‘rnini bildirgan va “ qayer (-ga, -da, -dan)? kabi so`roqlarga javob berib, ularga nari, beri, oldinga, pastda, tubanda, yuqoridan, quyidan, u yoqqa, bu yoqqa, yaqinda, orqadan, to`g`riga, chapda, o`ngda
Miqdor-daraja
Harakat va holatning bajarilishidagi miqdor- darajani bildiradigan va Qancha? so‘rog‘iga javob bo‘ladigan ravishlardir.
Bir talay, sal, picha, xiyol, oz, ko‘p, bir necha, kam, ancha, mo‘l, bir qancha, xiyla, qittay, uzundan uzun, biroz, behad,
Hamda ish-harakatning miqdoriy belgisi, bajarilish darajasini, shuningdek, predmetning noaniq miqdori, belgining darajasi va miqdorini anglatadi.
Ma’no xususiyatiga ko`ra ikki guruhga bo`linadi:
1.miqdor ravishi.
2.daraja ravishi.
Miqdor-daraja ravishlari, asosan, miqdor-daraja holi, ba’zan kesim vazifasini bajaradi:
Mo`l-ko`l nur to`kar, ko`kdan qadrdon quyoshimiz (E.Vohidov).
Biroq ko`zgu shunaqangi xira Ediki, o`zimning yuzimni zo`rg`a ko`rardim (O`.H.).
Maqsad -sabab
Harakat va holatning bajarilishidagi maqsad- sababini bildiradigan ravishlardir.
Ataylab, atayin, noiloj, noilojlikdan, jo`rttaga, qasddan, azza-bazza, ilojsizlikdan.
Sabab ish-harakatning bajarilish sababini anglatadi. Sabab ravishi nega? nima uchun? nima sababdan? kabi so`roqlarga javob bo`ladi va ularga noiloj, noilojlikdan, chorasiz, chorasizlikdan kabi ravishlar kiradi.
Sabab ravishi, asosan, sabab holi vazifasini bajaradi: Qunduzoyning qistashi bilan noiloj birinchi qatorga borib o`tirdi (Oydin).
Maqsad ravishi ish-harakatning bajarilishidagi maqsadni anglatib, nega? nima maqsadda? kabi so`roqlarga javob beradi. Bu ravishlarga atay(in), ataylab, jo`rttaga, qasddan kabilar kiradi.
Maqsad ravishi gapda, asosan, maqsad holi vazifasini bajaradi: Yuksak binolar tomon, Bordik bizlar atayin