Foydalanuvchi:ABDULLAYEVA MEHRINISO
Qiyofa
Vatanga baxshida umr
I.Kirish: Vatan tuprog`ini yashnatgan ayol. II.Asosiy qism:
1.Saxiy zaminning mehnatkash farzandi. 2.Ona zamin fidoiysi 3.Tuproqni oltin qilgan qadoq qo`llar mehnati III. Xulosa. .Mehnatda qadrini topganlar Ekinni yer ko`kartiradi, Odamni – Vatan.
(maqol)
Vatan. Bu so`z alifbodagi bir necha harflar ketma-ketligidan hosil bo`lgan, boshqa so`zlar qatori. Ammo bu so`z zamirida ilk kindik qoning to`kilgan tuproq, ilk qadam qo`yganningdagi maysalar shiviri, ilk hayitlik olgan va qutlagan yuzi nurli odamlar, dilga yaqin dilkash davralar gurungi, ilk do`st sadoqati-yu birinchi aldov, ilk bor yangragan qo`ng`iroq va ilk beg`ubor alifbo tanitgan ustoz va butun umrlik hayot shu bir so`zda hal. Shu sababli ham bu so`zni har kim har xil entikish bilan eslaydi . Vatanni eng bebaho bo`lgan Onaga mengzashadi. Ona kabi mehribon va quchog`iga talpintiradigan go`sha. Bu aziz vatan bizni ulg`aytiradi,kamol toptiradi. Bu aziz Vatanda yashamoq go`zal! Bugun biz mehnatda qadrini topgan inson haqida so`z yuitamiz. Lolaxon buvi Murodova so`lim Farg`ona vodiysining buyuklikka daxldor farzandi. Baxtni qanoatdan yaratgan ayol. O`zining qat’iyati va ona zaminga cheksiz muhabbati ila Vatan ardog`ida bo`lgan kun qahramoni. Lolaxon buvi yuzi nurli , boshidan ro`moli arimaydigan, samimiyat sipqorib, qalbiga chechak ekuvchi, boboquyosh taftida qadoq bo`lgan qo`llar-u quroq yerni ko`kartirgan zabardast qalb sohibi. Yer bilan bahs bog`lashib kim saxiy deb borini yerga sochgan, kim mehnatkash deb bellashib to`rt fasl, erta-yu kech daladan arimagan asl mehnatkash. Bunday oltin qalb sohiblarini esa har qanday Vatan ko`klarga ko`taradi . Shu sababli haqiqiy ona zamin qahramoni Lolaxon buviga “O`zbekiston Qahramoni” unvonning berilishi bejiz emas. Shunday baxtli damlarda soddagina tabassum, cheksiz samimiyat bilan o`ng qo’l bilan chap ko`krakni tepayotgan sevinchni bu endi boshlanishi deb tasalli beradi. Baxtni ham, dardni ham birdek sokin kutib oladi. Baxt – bu taqdir, dard – bu sinov deb qo`l silkadi-yu bepayon dalalardan sabrni, xokisor tuproqdan kamtarlikni o`rnak bilib quyoshni uyga kuzatib maysalarni ertaga kelishga ko`ndirib uyga qaytadi. Lolaxon buvi yoshlik damlarini eslar ekanlar, yoshgina ojiz jismni mexanizmlar bilan o`rtoq tutganini eslaydilar. Hali quyosh ko`z ochmay, shabbodalar shoshilib har tomomga yugurib shabnam sochgani, bundan xursand bo`lgan gul yaproqning xandon bo`lgan paytlarda yo`lga otlanib, bu manzaradan yana ham tabiatga bo`lgan oshiqligi ortadi. Tuproqning har gardini avaylab yuzga surtib to`tiyo qilgani va bu muqaddas zamin bu uchun meni ardoqlab, ko`klarga ko`taryapti deb aytadi. Lolaxon buvi bu so`zlar bilan hatto jonsiz, ruhsiz, tilsiz zamin ham mehnatga yarasha mukofoti borligini ta`kidlagandek go`yo. Aslida, Lolaxon buvi uchun zamin ruhsiz va tilsiz emas, seni boqqan, turli - tuman ko`zni qamashtiradigan anvoyi gul-u mevalar zamin hosili bo`lsin-u, yana ruhsiz va tilsiz deyish nohaqlik ekanini, faqat uni tinglashni bilish kerakligini aytadi. Lolaxon buvi Murodova “Nurli obod” fermer xo`jaligining ekin maydoni 488,4 gektarni tashkil etib, hozirgi kunda 207 nafar ishchi mehnat qilmoqda. Tajribali fermer yerlarning meliorativ holatini hamda tuproq unumdorligini yaxshilash maqsadida so`nggi uch yilda 120 mln. so`mlik melioratsiya ishlarini amalga oshirib, ekin maydonlarining ball bonitetini 41 balldan 50 ballga oshirishga erishgan. 2016-2018 – yillarda xo`jalikda 1764,6 tonna paxta va 6946,1 tonna g`alla yetishtirilib shartnoma majburiyatlari paxtachilik bo`yicha 120-130, g`allachilikda 150-160- foizga bajarilgan. Bu yil g`alladan o`rtacha hosildorlik 80 sentnerdan oshdi, - deydi Lolaxon buvi – sof foydadan yana uchta texnika sotib oldim . Fermer xo`jaligi hisobiga kelgan dondan 247 tonnasini ishchilarimizga tarqatdik deb aytar ekan, bu soha vakili bo`lmagan inson ham bu sonlar –u natijalar ortida qanchadan qancha mehnat, ter to`kishlar, tong sahardan to kun botargacha tinimsiz mehnat borligi sezilib turibdi. Bobom yoshligimda dehqonchilik qiyin kasbligi, hamma ham bu mehbatdan non topa olmasligi, tavakallchilikka qurilganligini ko`p takrorlardilar. Urug`ni unmasdan turib uni qanday ekani, bu yil ob- havo qanday kelishi, yerning urug` unushi uchun qulay yoki boshqa tomonlarini obdon o`ylash, yerni ekinga tayyorlashdan tortib hosil xirmon bo`lguniga qadar tinimsiz mehnat haqida oddiygina qilib gapirish mumkin emas. Axir bu butun xalqning rizqi, hozlaysizmi - yo`qmi baribir biz -hammamiz bunga daxldormiz. Ana shunday yukni ko`tarib yurgan Lolaxon buvi bunday ardoqlashga munosibdir va bu mehnatni hamma bilishi kerak. Bu cheksiz mehnatni esa qadrlamoq lozim. Mehnatda qadrini topish ham bir saodattir. Lolaxon buvi ham ismi jismiga monad desam, ko`pchilik qo`shilmaydigandek. Ammo nozik jussasi bilan baland qirdan ildiz otib, tuni sovg`iga, quyunday shamoliga bardosh berish, hali sovuq qishning qilichi qinga joylanmay, qor tagidan cheksiz osmonning mutloq hukumdori quyoshning nurlaridan bahra olish uchun bo`y cho`zib, bahorning injiq tabiatiga chidab, qaddini sindirguvdek bo`lib yoqqan yomg`irlarga quchoq ochish hamma o`simliklarga xos fazilat emas. Lolaxon buvi ham shunday xususiyatlar egasi desak sira ham yanglishmaymiz. So`lim Farg`onaning ba`zan sokin, ba`zan suronli tabiati bag`rida voyaga yetgan. Har nihol, har barg yozgan g`unchalarni qalbiga yaqin tutib o`zini qadrdon va beg`ubor qalb egasi - Lolaxon buvi hammada ham uchrayvermaydigan, buyuklik-u abadiylikka daxldorlik isi ufurib turadi. Hali kichikligidanoq otasiga ergashib, ketmon orqalab, hali quyosh uyg`onib ulgurmagan, orasta yaproqlar shabnam bilan bezangan chog`lar ko`ngildagidek keng va xokisor tuproq tomon talpinadi. Kichik jussasida ulkan shijoat bilan ufqqa tomon termulgan ko`zlar uzoqni ko`ra bilashi, mehnatlar mukofoti, inson sharafi bular hammasi bir insonda mujassam. O`zbekiston Respublkasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ham Lolaxon buvining bemor ekanligini eshtiboq tezlik bilan eng tajribali shifokarlar bilan taminlagani buvining fidoiyligining mukofoti desak bo`ladi. Bu voqeani eshitib, beixtiyor, Husayin Boyqaro Navoiyning ilm ahliga xizmati uchun o`z arg`uvonida butun shaharni sayr ettirgani ko`z oldimda gavdalandi. Mehnatlar qadri, fidoiylik sharafi ham insonning yanada shijoat bilan ishlashiga qanot baxsh etadi. Chunonchi, tuproqni oltin qilgan qadoq qo`llar mehnati o`laroq munosib taqdirlandi buviga “O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan qishloq xo`jaligi xodimi” faxriy unvoni, “El-yurt hurmati” va “Fidokorona xizmatlari uchun” ordenlari bilan mukofotlandi. “O`zbekiston Qahramoni “ yuksak mukofotning topshirilishi butun mehnat ahliga o`rnak bo`ldi desam yanglishmayman. Buvi bu mukofot haqida shunday deydi: - Ayoliga yuksak ehtirom ko`rsatiladigan mamlakatimizning oliy unvoni men kabi barcha farg`onalik dehqonlar mehntiga berilgan yuksak baho deb bilaman, Shu bilan birga bu men uchun yanada yuksak mas’uliyat. Xalqimga, Prezidentimga va`da berib aytamanki, bundan buyon ham Parvardigor bergan umrni Vatanim ravnaqi, qishloq xo`jaligini yuksaltirish uchun baxshida etaman - deydi Lolaxon buvi shijoat bilan. Yashash zavqi mehnatda ekanligi, har qanday sidqidildan qilingan mehnat mukofotsiz qolmasligi Lolaxon buvining issiq taftidan bilinib turadi. Lolaxon buvi yoshligini eslar ekan, otam injener edi, ko`ylaklari moy, kunning issig`ida terlab ketardi, shunda ham bu ish qiyin degan hayol bo`lmaganini eslaydi. Mexanizator bo`lib ishlash orzu bo`lganini aytadi. Ilk bor mashina rolini tutganida qo`llari qaltiragani va otasi agar bu ishga haqiqiy mehr bersang qo`rqmaslik kerakligini aytgani, ilk mexanizatorlik yillarini, qarovga muhtoj yerlarni yashnatgani haqida to`lqinlanib gapiradi. Hali maktab chog`laridan Vatanga o`zining munosib hissasini qo`shib kelayotgan qahramonimiz, mehnatlar qadri, berilgan imkoniyatlardan cheksiz minnatdor bo`ladi va bundanda ko`proq natija va yutuqlarga va`da beradi. Muvaffaqiyat va baxtga olib boradigan oson yo`l yo`q. Qiyinchilik esa hayot qonuni deb biladi biluvchi Lolaxon buvi doimo yangi rejalar, innovatsion texnikalar, turli navlarni o`zlashtirish, hosildorlikni oshirish, hali o`rganilmagan sohalar haqida, dehqonchilikning rivojlanmangan jabhalari haqida o`ylaydi, rivojlantirish rejalarini tuzadi.Biz - yosh avlod ular kabi qaysi kasbda bo`lmasin mehnat va kamtarlik bilan Vatanga munosib farzand bo`lish, kichiklarga o`rnak bo`lish, buyuk ishlar uchun hech qachon kech emasligini uqamiz. Lolaxon buviga mehnatlar unumi, rejalar rivoji, xirmonga baraka tilaymiz. Har doim el ardog`ida bo`lib, ulkan zafarlar quchishlari tilaymiz va biz yoshlar har qanday chaqiriqlariga bel bog`lab, qo`lni ko`ksiga qo`yib labbay deyishga tayyormiz.