Kontent qismiga oʻtish

Foydalanuvchi:ADEN1009/MILLATLARARO TOTUVLIK VA DINIY BAG'RIKENGLIK O'ZBEK XALQINING YUKSAK QADRIYATIDIR

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

<></>Milatlararo totuvlik va diniy bag’rikenglik o’zbek xalqining yuksak qadriyatidir” maqolasiga qisqacha ma’lumot. Ushbu ilmiy maqolada o’zbek milatining asil

madaniyatiga singdirilgan boshqa millat vakillariga nisbatan yuksak hurmati va izzati, shu orqali xalqaro maydonda yuksak maqomga ega sazovor bo’lgani, mamlakatimizda amalga oshirilgan ko’plab islohotlar haqida so’z boradi. Ushbu maqolada diniy bag’rikenglik va bizning yoshlarimiz orasida asil isoniy fazilatlar shakillantirish usullari ochiqlangan.

Kalit so’zlar: Milatlararo, O’zbekiston, baynalminal, koronovirus, etnik, totuvlik,

diniy bag’rikenglik, tolerantlik.

Avvalo, shuni ta’kidlash joizki, O‘zbekiston fuqarosi, u kim bo‘lishidan qat’i nazar Konstitutsiya va qonunlarga rioya qilishga, boshqalarning huquqlari, erkinliklari, sha’ni va qadr-qimmatini hurmat qilishga majburdir. Diniy ta’limotlarning nafisligini inobatga olgan holda, ma’lum bir dinning nomi va mohiyati haqida faqat mutaxassislar fikr bildirishi kerak, deb hisoblayman. Mamlakatimiz hududida diniy manbalar, qadriyatlar, muqaddas tuyg‘ular e’zozlanishi shart. Hech kim o'z manzilida haqoratli so'zlarni ishlatishga haqli emas. O‘zbekiston Respublikasining “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi qonunida fuqarolarning diniy e’tiqodi bilan bog‘liq tuyg‘ularini haqorat qilish, diniy qadriyatlarga tajovuz qilish qonun bilan jazolanishi belgilab qo‘yilgan.

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar diqqat markazida, eng avvalo, inson manfaatlari, huquq va erkinliklarini ta’minlashga

qaratilgan. Tinchlik va osoyishtalik, o‘zaro hurmat, mehr-oqibat va hamjihatlik muhitini yaratish orqaligina fuqarolar manfaatlarini ta’minlash mumkin. Shu bois istiqlol yillarida mamlakatimizda istiqomat qilayotgan turli millat vakillarini huquqlari to’laqonlik taminlamoqda desak mubolag’a bo’lmaydi. Bu borada bizning tarihimiz yuksak o’ringa ega, zero bizning buyuk ajdodlarimiz va muqaddas dinimiz arkonlari shuni talab etadi. Asirlar davomida shu o’lkada turli-xil millatlar yashab kelgan va barcha zamonlarda ularning huquqlari ta’minlanib kelgan, ularning tashvishi butun o’zbek xalqining tashvishi sifatida qaralgan.

Bugungi kunda ham, ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlikni saqlash, dinlararo va millatlararo munosabatlar uyg‘unlashuvi tufayli O‘zbekistonning xalqaro maydondagi nufuzi ortib bormoqda.

Bugun dunyo Koronavirus pandemiyasi inqirozini boshdan kechirar ekan, biz koʻplab mintaqalarda etnik va diniy nizolar avj olganini koʻrmoqdamiz. Shunday ekan, amalga oshirilayotgan islohotlarni davom ettirishda hamjihatlikni saqlash muhim. Mamlakatimizda etnik totuvlik va diniy bag‘rikenglik yo‘lida olib borilayotgan oqilona siyosat jahon hamjamiyati tomonidan e’tirof etilayotganidan barchamiz faxrlanamiz. Bu o‘z navbatida yurt tinchligi va taraqqiyotiga, umuminsoniy madaniyat va ma’naviyat yuksalishiga xizmat qilmoqda. Mamlakatimizni turli millat va elatlarga

mansub ko‘plab oilalar bilan solishtirsak, mubolag‘a bo‘lmaydi.

O‘zbekistonda aholining xilma-xilligi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning qulay omili hisoblanadi. Xususan, mamlakatimiz davlat ta’lim muassasalarida ta’lim yetti tilda olib boriladi. O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi o‘n ikki tilda ko‘rsatuvlar olib boradi, o‘ndan ortiq tilda gazeta va jurnallar nashr etiladi. Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik qoʻmitasida 138 ta milliy-madaniy markaz, shuningdek, 16 konfessiyaga mansub 2300 ga yaqin diniy tashkilotlar faoliyat koʻrsatmoqda. Ushbu omillar O’zbekistonning taraqqiy etishiga hissa qo’shishiga chin

dildan ishonamiz.

Bizning yurtimizda mavjud bo’lgan va milatlararo aloqalarni mustahkamlash va ularni o’rganish bilan shug’ullanadigan markaz borligidan ko’pchilik yurtdoshlarimiz behabar. O’zbekiston respublikasining birinchi prezidenti Islom Karimov tomonidan 1992 yil yanvar oyida ta’sis etilgan “Baynalminal” markazi hanuzgacha o’z faoliayatini olib boradi. Baynalminal atamasining ma’nosi “international” so’zining arab tilidagi tarjimasidir, va milatlararo ma’nosigayam egadir. Mazkur markazning vazifasi mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan milliy madaniyat markazlari faoliyatini muvofiqlashtirish, ularga amaliy va uslubiy yordam ko‘rsatishdan iborat. Bugungi kunda ushbu madaniyat markazi 140 ga yaqin milliy madaniyat markazlari faoliyatini muvofiqlashtirib kelmoqda.

Bizning buyuk ulamolarimiz ushbu mavzuda ko’plab nutqlar so’zlashgan va doim o’zbek halqining bag’rikengligini va bizning madaniyatimizga va o’zligimizga tubdan singdirilgan ushbu go’zal fazilatlar barcha millat vakillarini lol qoldirib kelgan. Shu jumladan shayx Abdulaziz Mansur 2017 yilgi “O‘zbek xalqining bag‘rikenglik va olijanoblik fazilatlarining ijtimoiy ahamiyati” mavzusida o’tkazilgan tadbirida, islom - boshqa dinlarga hurmat g'oyasiga asoslangan bag'rikenglik dini va ular qaysi dinga mansub bo‘lishidan qat’i nazar, barcha odamlarni mehr-oqibatli bo‘lishga undayshini

ta’kidlab o’tganlar.

BMT Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari Zayd Raad Al-Husayn va Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotining Milliy ozchiliklar bo‘yicha Oliy

komissari Lamberto Zanyerning tashrifi chog‘ida bu boradagi islohotlar va o‘zgarishlar muhokama qilindi. Yuqori baholangan. 2017-yilda mustaqil O‘zbekiston tarixida ilk bor mamlakatimizga BMT Inson huquqlari kengashining din va e’tiqod bo‘yicha maxsus ma’ruzachisi Ahmad Shahid tashrif buyurgani e’tiborga molik. Uning tavsiyalaridan kelib chiqib, 2018-yil 4-mayda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan din va

e’tiqod erkinligini ta’minlash bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” tasdiqlandi.

Umuman olganda, xalqaro hamjamiyat mamlakatimizning millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash borasidagi faoliyatini yuqori baholab, O‘zbekiston tajribasiga qiziqish bildirmoqda. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017-yil 19-sentabr kuni BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida bag‘rikenglik va o‘zaro hurmatni qaror toptirish, diniy e’tiqod erkinligini ta’minlash,

dindorlarning huquqlarini himoya qilishga chaqirdi. 2018-yil 12-dekabrdagi “Ma'rifat va diniy bag'rikenglik” deb nomlangan maxsus rezolyutsiya taklifi, kamsitishlarga yo‘l qo‘ymaslik va mazkur hujjatning 2018-yil 12-dekabrda qabul qilinishi bunga yorqin

misol bo‘la oladi. Bu boradagi islohotlarning muhim natijalaridan biri shundaki, 2018-yilda AQSh Davlat departamenti O‘zbekistonni diniy erkinlik bo‘yicha “alohida tashvishga molik davlatlar” ro‘yxatidan chiqardi.

Shuni ta’kidlash joizki, 2020-yil 13-oktabrda BMT Bosh Assambleyasi sessiyasida boʻlib oʻtgan saylovda Oʻzbekiston milliy davlatchiligimiz tarixida ilk bor

uch yillik muddatga 2021-yilga BMT Inson huquqlari boʻyicha kengashiga aʼzo etib saylandi. 2023-yil. BMTga a’zo 193 davlatdan 169 tasi mamlakatimiz uchun ovoz berdi. Bu saylovlarda O‘zbekiston eng ko‘p ovoz oldi. Mamlakatimizda bunday e’tirof millati va dinidan qat’i nazar, inson huquqlarini, jumladan, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlashga qaratilgan siyosati va o’zbek halqining asli go’zal fazilati desak, mubolag‘a bo‘lmaydi.

Pirovardida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik sohasida ijobiy va o‘zaro hurmat muhitining

mustahkamlanishi natijasida millatlar va konfessiyalararo munosabatlarning yangi modeli yaratildi. Ushbu model turli millat va din vakillarining millatlararo va dinlararo muloqotiga, konstruktiv yondashuvga va barcha fuqarolarning qonun oldida tengligiga

asoslanadi.

Diniy bag‘rikenglikni tarbiyalashda milliy qadriyatlar muhim o‘rin tutadi. Tolerantlik ongli odamlarning boshqa millat vakillarini kamsitishiga yo’l qo’ymaslik,

ular bilan tinch-totuv yashashidir. Bag‘rikenglik tuyg‘usi insonning xarakterini, odob - axloqini, siyosiy va ma’naviy pokligini, odamlarga munosabatini, milliy va tarixiy qadriyatlarini belgilaydi. Bu fazilatlar esa har bir o’zbek millatiga mansub bo’lgan kishiga tegishli desak to’g’ri bo’ladi.