Foydalanuvchi:Abbos1202/Differensial
DIFFERENSIAL (lot. differentia – farq, tafovut) — 1) texnikada — bir valdan xar xil tezlikda aylanadigan ikki valga yoki ikki valdan bir valga harakat uzatadigan, tishli gʻildiraklari boʻlgan mexanizm. Avtomobillar yoki boshqa transport mashinalari burilayotganda yetakchi gʻildiraklari har xil tezlikda aylanadi, chunki ulardan biri koʻproq, ikkinchisi kamroq yoʻl bosadi. Differensial ana shunga imkon beradi. Mas, avtomobillardagi Differensial yordamida dvigatel validan vodilo op-kali satellitlarga (satellitlar oʻz oʻqi atrofida va mexanizm oʻqiga nisbatan aylanadi), satellitlardan mustaqil markaziy gʻildiraklardan har qaysisiga harakat uzatiladi. Metall kesish stanoklaridagi Differensial yordamida kinematik zanjirlar rostlab turiladi. Differensial variatorlar, reduktorlar, muftalar va b. qurilmalarda ham boʻladi;
2) matematikada — funksiya orttirmasining argument orttirmasiga nisbatan bosh chiziqli qismi. Differensial tushunchasini fanga G. V. Leybnis kiritgan. Differensial xossalari matematik analizttg yirik boʻlimlaridan biri boʻlgan differensial hisobda oʻrganiladi. U geometriya, mexanika, fizika masalalarini yechishda asosiy vositalardan biri hisoblanadi. Differensial tushunchasi variatsion hisob, differensial geometriya va funksional analizam umumlashtiriladi.
Manba