Kontent qismiga oʻtish

Foydalanuvchi:Abdilatif Davronov/qumloq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Afsonalarga ko'ra, Attikaning birinchi qiroli Sesrops shaharga "Sesropiya" deb nom beradi. Biroq, Olimp ma'budlari bu shaharni ko'rib, unga o'z nomini berish va homiylik qilishni xohlashadi. Bu borada dengiz ma'budi Poseydon va donolik ma'budasi Afina baxslashib qoladi.

Voqeadan xabar topgan Zevs ularning har biri shaharga sovg'a berishini va Sesropiya xalqi qaysi ilohning sovg'asini ma'qul ko'rsa, oʻsha shaharning homiysi bo'lishi aytadi.

Quyoshli kunlarning birida Sesrops va shahar aholisi ma'budlarning sovg'alarini tomosha qilish uchun baland tepalikka ko'tarilishadi. Poseydon o'z sovg'asini birinchi bo'lib taqdim etdi. U nayzasi bilan toshni urib, yerdan buloq suvini chiqaradi. Bu shaharning suv bilan ta'minlaganligini va hech qanday qurg'oqchilikka duch kelmasligini anglatardi. Lekin odamlar uning sovg'asidan xursand bo'lmaydi, chunki buloq suvi huddi Poseydon hukmronlik qilgan dengiz suvi kabi sho'r edi.

Afina esa nayzasini yerga urganida undan zaytun daraxti o'sib chiqadi. Odamlarga bu sovg'a ko'proq yoqadi, chunki zaytun ularga oziq-ovqat, yog' va o'tin berardi. Afina shu tarzda go'zal shaharning homiysiga aylanadi. Shahar ham uning sharafiga Afina nomini oladi.

Maʼlumot uchun! Ma'budlar o'z sovg'asini taqdim etgan tepalik Akropol edi.

[1]

  1. {{Veb manbasi}} andozasidan foydalanishda sarlavha= parametrini belgilashingiz kerak. „“.