Foydalanuvchi:Abdimalikova Maftuna
Klassik Koreys she'riyati Bob 38. Xitoy In mamlakatidan bo‘lgan Songtang 4 tomondan dushmanlar hujumini bartaraf etdi. Agarda Songtang Sharqqa borsa, G‘arbdagi insonlar sabrsizlik bilan uning kelishini kutadilar. Techjo qo‘shinga juda ham mohirona rahbarlik qiladi. Qayerga bormasin, doimo g‘alaba qozonadi. Agarda Techjo (ya'ni Isonge) G‘arbga borsa, Sharq tomondagi odamlar Isongeni kelishini kutadilar.
Bob 39. Aytishadiki, Cho mamlakatida qirol haqidagi mish-mishlar tarqala boshladi, qirol Chinshi esa ularni tarqalishiga to‘sqinlik qilmoqchi edi, qirolning harakatlari naqadar ahmoqona. Amnok - kan daryosida askar Isonge haqida mish-mishlar tarqala boshladi, ammo koryolik qirol Xongminning so‘zlari naqadar haqiqatga yaqindir.
Bob 40. Tang mamlakatidan bo‘lgan Kochjo minoraga 70 ta o‘q otdi va 70 ta odamni o‘ldirdi, 70 ta murda uchun katta qabr. Techjo ham 70 ta nayza otdi, minoradagi 70 ta odamga tegdi, bu katta yutuq bo‘ldi.
Bob 41. Tang mamlakatidan bo‘lgan Techjong sharqiy qismni barbod qilishga muvaffaqiyatsizlarcha harakat qildi, barcha garovga olinganlarni qo‘yib yubordi, butun atrof xursandchilik qiyqiriqlariga to‘ldi. Techjo G‘arbni egallashga yo‘l oldi va muvaffaqiyatga erishdi, jangda olgan barcha narsani u xo‘jayinlarga qaytardi va Yodongning barcha aholisi Techjoning sharafli qo‘shinining g‘alabasiga xursand bo‘ldi.
Bob 42. Folbin ayol so‘zlari bo‘yicha Von mamlakatidan bo‘lgan Techjo qo‘shini ancha oldin G‘arbga ketgan. Folbin ayol va bulutlarning belgisiga ko'ra Techjo ancha oldin Tongnyonbuni egallab oldi.
Bob 43.
Tang mamlakatidan bo‘lgan Kyonchjonning qo‘lidan bitta nayzadan ikki cho‘chqa o‘ldirildi, bu voqeani u rasmga solib, odamlarga ko‘rsatdi. Techjo bitta nayza bilan birdaniga ikki ohuni o‘ldirdi, bu samolarning hadyasi edi. Bu voqeani u rasmga solib, odamlarga ko‘rsatganidan keyingina tan olinadimi? Men bunday o‘ylamayman...
Bob 44. Tang mamlakatidan Sonchjong otda o‘tirib, o‘yin uchun bo‘lgan koptokni nishonga tekkizdi, ikki tomonida turgan sportchilar u uchun xursand bo‘ldilar. Isonge qirol buyrug‘iga ko‘ra, ot yonida bo‘lib, koptokni qaytardi. Barcha tomondan uni kuzatgan odamlar uning qobiliyatiga hayron qolib ajablandilar.
Bob 45. Doimo ixtiyoriy insonlar bor, biroq Cho mamlakatidan bo‘lgan adolatli qirol Xe Yubanga shunday buyruq berdi, Yuban esa adolati bilan ajralib turar edi, u Chin mamlakatidan bo‘lgan xalq uchun g‘ururga aylandi. Koʻplab mohir kamonchilar bor, biroq Koryo qiroli Kongmi Isongening jangovar qobiliyatlari haqida biladi, natijada Isonge qurolga mohirona egalik qilish mahorati bilan xalqni qutqaradi.
Bob 46. Dono qirol tug‘ilishi uchun samo malika erini hayratlantirib, ikki chiroyli tovuslarning rasmini soldi. Isonge jangovar san'atdagi o‘z kuchini ko‘rsata olishi uchun va samo qirolni tinchitish uchun Isongega 10 ta tosh oyna hadya etdi.
Bob 47. Turklar Tang mamlakatidan bo‘lgan Techjoning katta nayzasidan qo‘rqadi, ammo ular naqadar uzoqda bo‘lmasin, uning nayzasi ularga yetib boradi. Bitta kichik nayzadan butun yapon dushman kuchi qo‘rqadi, axir kichik nayza dushmanning butun qo‘shinini yo'q qila olmaydimi?