Kontent qismiga oʻtish

Foydalanuvchi:Abirova Durdona

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

YOSHLAR O'RTASIDA SAYYOHLIK MADANIYATINI SHAKLLANTIRISH VA TURIZM AFZALLIKLARI

Abirova Durdona Muhammad qizi Jizzax davlat pedagogika universiteti

Anotatsiya: Turizm sohasini rivojlantirish, yoshlarning sayyohlik madaniyatini shakllantirish davlatimiz rivojining muhim poydevoridan biri hisoblanadi. Ushbu maqolada turizm tashkil qilishning afzalliklari va sayyohlik madaniyati haqida so'z borgan. Kalit so'zlar: Sayohat, turizm rivoji, qonun hujjatlari, ekspeditsiya, zamonaviy boshqaruv, ta'lim, madaniy meros, sayr, ta'lim dasturi, yoshlar bilan ishlash, islohotlar, sog'lom turmush tarzi, turistik tashkilotlar.


 " Yangi O'zbekiston" da hozirgi kunda o'quvchi-yoshlar o'rtasida sog'lom turmush tarzini rivojlantirish, ularni har tomonlama barkamol avlod etib tarbiyalashda jismoniy tarbiyaning o'rni hamda turizmni amalga oshirish ishlari tobora oshib bormoqda. Barchamizga ma'lumki, sayohat o'quvchilarda do'stlik, birodarlik, oliyjanoblik, bir-birini qo'llab-quvvatlash, ularning tabiat bilan iliq munosabatda bo'lishi kabi fazilatlarini tarbiyalaydi va yoshlarning jismoniy faolligini ta'minlaydi. Bu yo'lda bir qator qonun hujjatlari qabul qilingan bo'lib, ularda yoshlarimizning xavfsiz sayohati va erkin bilim olishlari uchun keng imkoniyatlar yaratilgan. Jumladan: " Ta'lim to'g'risida" gi (2020 y.), "Turizm to'g'risida" gi (1999 y.) qonunlar, " Sihat-salomatlik yili to'g'risida" gi (2004 y.), " Barkamol avlod yili to'g'risida" gi ( 2010 y.), " O'zbekiston Respublikasida turizmni jadal rivojlantirishga oid chora-tadbirlar to'g'risida" gi (2019 y.) qarorlar. Shu bilan bir qatorda, yoshlar o'rtasida turizm sohasini rivojlantirish, sayyohlik madaniyatini shakllantirish, sayohatlar tashkillashtirish va o'tkazish masalalari bilan respublikamizda E.Sh.Ermatov, R.Abdumalikov, R.Qosimova, T.Xoldorov, X.Tulenova va boshqalar ilmiy tadqiqot ishlarini o'tkazishgan, tadqiqot natijalariga ko'ra amaliy tavsiya va o'quv qo'llanmalar chop etishgan. Shuningdek, ular sayohatlarning yoshlarni sog'lom turmush tarzini kechirishdagi o'rniga ham e'tibor berib, " sayr-sayohatlar o'quvchi yoshlarni kun tartibiga rioya qilish, zararli odatlardan ( chekish, spirtli ichimliklar ichish) saqlanish, jismoniy chiniqish, organizmni tashqi muhit ta'sirlariga ( issiq, sovuq, shamol va b.) chidamliligini oshirib, ular salomatligini saqlash, mustahkamlash, unumli mehnat qilish hamda uzoq va sermazmun hayot kechirish uchun zamin yaratadi", - deb ta'kidlashgan. Qadimdan ma'lumki, sayr-sayohat faqatgina dam olish emas, balki bo'sh vaqtdan unumli foydalanish, ko'proq harakat orqali jamoa jismoniy salomatligini, shaxsning yuqori kayfiyatini ta'minlashdan iboratdir. Shu bilan bir qatorda, turizmning yana bir afzalliklaridan biri boshqa davlatlarda yashaydigan xalqlarning madaniyatini o'rganish va ular bilan aloqalarni o'rnatishga ko'maklashadi, yoshlarimizga ma'naviy, ma'rifiy madaniyatimiz tarixini chuqur o'rganish, milliy qadriyatlarimizni, hozirgi davr mafkurasini mohiyatan anglab yetishlari uchun poydevor bo'ladi. 

Bu yo'lda mamlakatimizda O'zbekiston turizm kompaniyasi va turli xalqaro jamg'arma uyushmalarning faoliyati muhim ahamiyat kasb etmoqda. Turizm, turli xil sayohatlarning yoshlar jismonan va ma'nan barkamol bo'lib voyaga yetishlarida katta o'rni bor. Ayniqsa, maktabgacha va maktab yoshidagi bolalarning tasavvur dunyosi ortishida sayohatlar katta ko'makchidirlar. So'nggi yillarda mamlakatimizda turizm va sport sohalarini yanada rivojlantirishga qaratilayotgan katta e'tibor ham shular jumlasidandir. Ammo yaratilayotgan barcha imkoniyatlarga qaramasdan turizm, sport sohasini rivojlantirish borasidagi ishlar, raqamlashtirish, ta'lim sifatini oshirish borasidagi o'z yechimini topmagan masalalarni hal qilishga bo'lgan talab oshib bormoqda.

Turizm o'zining yo'nalishi va faoliyat xarakteriga ko'ra quyidagilarga bo'linadi: sayohat ( ekskursiya), aylanish ( progulka), sayr ( poxod), ekspeditsiya. Aylanishlar - qisqa vaqtli bo'lib, hamma uchun qulay bo'lgan tur ( piyoda aylanish, chang'ida aylanish, velosipedda aylanish) hisoblanadi. Sayohat - ekskursiyada qandaydir muzeylarga, tarixiy yodgorliklar va b. jamoa bo'lib boriladi. Sayr - piyoda, chang'ida, velosipedda, qayiqda o'tkazilishi mumkin. Bularning barchasi yoshlarning jismoniy tayyorgarligini oshirish, o'lkani o'rganish, ma'naviy olamni boyitish, dunyo qarashini kengaytirishga ham xizmat qiladi. Turizm o'zining osonligi va qiziqarliligi bilan xalq ommasini o'ziga jalb qiladi. Bu soha nafaqat maktab yoshidagi bolalar, balki talaba yoshlarimiz hayotida ham muhim ahamiyat kasb etadi. Talabalarimizning 2+2 shaklda ta'lim olishlari ham turizmning bir ko'rinishi hisoblanadi. Ular ikki yil O'zbekiston oliy ta'lim muassasalarida bilimlarini oshirgan holda ikki yil chet el oliy ta'limini olishlari, ta'lim bilan birgalikda chet davlat madaniyatini o'rganishlari ham mumkin. Hozirgi kunda talaba yoshlarimizning aksariyati chet elda davlat granti asosida ta'lim olishayotganligining guvohi bo'lmoqdamiz. Ularning o'zga yurtda ham jismonan ham ma'nan barkamol, El koriga yaraydigan yoshlar bo'lib voyaga yetishlari uchun barcha imkoniyatlar yaratilmoqda. Bu borada Erasmus+ professional ta'limni rivojlantirish, yoshlarni kamolotga yetkazish va sportni rivojlantirish sohalari bo'yicha Yevropa Ittifoqining dasturini alohida ta'kidlab o'tish maqsadga muvofiqdir. Dastur talabalar, ilmiy xodim va o'qituvchilar o'zaro almashinuvi hamda oliy ta'lim muassasalari uchun bir qator imkoniyatlarni taklif etadi. Tashkilotning maqsadi- milliy ehtiyojlar va intilishlarni hisobga olgan holda Lissabon konvensiyasi va Boloniya Deklaratsiyasi maqsadlarini alohida sohalarda ilgari surish va erishish uchun maxsuslashtirilgan bilimlar manbai sifatida faoliyat yuritishdir. Umuman olganda, sayohatlarning jismoniy va ma'naviy jihatdan o'ziga xos tarbiyaviy jihatlari mavjud. Ularni ilmiy pedagogik jihatdan o'rganish hozirgi kunning muhim tomonlaridan biri desak mubolag'a bo'lmaydi. Shuni ta'kidlashimiz lozimki, turizm tarixi, uning asosiy yo'nalishlari, umuman turizm ilmi bilan bog'liq barcha bilimlarni berish katta ahamiyatga ega. Demak, o'quvchi - yoshlarni turizmga qiziqtirish har bir pedagogning, ota - onaning vazifasidir.    
  

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI:

  1. " Turizm to'g'risida " gi O'zbekiston Respublikasining 1999.
 2. O'zbekiston Respublikasi " Ta'lim to'g'risida " gi qonuni // Turkiston. - 2020. - 1 oktabr.
 3. O'zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo'mitasi statistikasi ma'lumotlari. Toshkent. 2018.
 4. PF - 5611- sonli O'zbekiston Respublikasida turizmni jadal rivojlantirishga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida. 05.01.2019y.
 5. PQ - 3514- son. Ichki turizmni jadal rivojlantirishni ta'minlash chora-tadbirlari. 07.02.2018.
 6. PF - 5987- son. Sport va turizmni rivojlantirish masalalari.
 7. Aliyeva. M. T., Xo'jayev O'. X., Norchayev A. N. Turizm rivojlanishini prognozlash: O'quv qo'llanma. - T.: 2006. - 214b.
 8. Irmatov M.M., Aliyeva M.T. va boshqalar. Turizmni rejalashtirish: O'quv qo'llanma. -T.: 2005. - 167b.