Foydalanuvchi:Elshod3118/Mustaqillik yillarida manaviy taraqqiyot
Ma’naviy merosning tiklanishi va rivojlanishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Jamiyat ma’naviyati mamlakat barqarorligi va taraqqiyotinig muhim sharti va kafolati dir. Biron-bir mamlakat o‘z ma’naviy imkoni yat larini, odamlar ongida ma’naviy va axloqiy qadriyatlarni rivojlantirmay, xalqning milliyruhini uyg‘otmay va mustahkamlamay turib yuksak taraqqiyot darajasiga ko‘tarila olmaydi. Shuning uchun ham jamiyat ma’naviyatini yuksaltirish O‘zbekiston taraqqiyotining ustuvor yo‘nalishi, deb belgilandi. Tarixdan ma’lumki, mamla katimiz bir necha bor ajnabiy bosqinchilar hujumiga duchor bo‘l gan, qaramlik va zulmostida qolgan. Buning oqibatida, xalqimizning boy ma’naviy merosi, urf-odatlari qadrsizlanishga mahkum bo‘lgan. Ayniqsa, Ros siya imperiyasi mustamlakachiligi va sovetlar tuzumi davrida milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlarimiz oyoq osti qilindi. Ona tilimiz, boy ma’ naviy merosimiz qadrsizlantirildi, ko‘plab masjid-u madrasalar, milliy maktablar, tarixiy yodgorliklar buzildi, qarovsiz qoldi. O‘zbekiston davlat mustaqilligini qo‘lga kiritgan kundan boshlaboq mamlakatimizda boy ma’naviy merosimizni tiklash va rivojlantirish, jamiyat ma’naviyatini yuksaltirish davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. Jamiyat ma’naviyatini tiklash va yuksaltirishni ta’minlovchi ma’naviy-ma’rifiy islohotlarning yo‘nalishlari belgilab olindi
«Moddiy islohotlar, iqtisodiy islohotlar – o‘z yo‘liga. Ularni hal qilish mumkin. Xalqning ta’minotini ham amallab turish mumkin. Ammo, ma’naviy islohotlar – qullik va mutelik iskanjasidan ozod bo‘ lish, qadni baland tutish, ota-bobolarimizning udumlarini tiklab, ularga munosib voris bo‘lish – bundan og‘irroq va bundan sharafliroq vazifa yo‘q bu dun yoda»
Mustaqilik yillarida boy ma’naviy merosimizni tiklash tadbirlari amalga oshirildi. Milliy madaniyatimizga, jahon sivilizatsiyasi taraqqiyotiga buyuk hissa qo‘shgan bobolarimiz – Imom al-Buxoriy, Imom at-Termiziy, Bahouddin Naqshband, Xoja Ahmad Yassaviy, Al-Xora z miy, Al-Farg‘oniy, Ibn Sino, Mir zo Ulug‘bek, Alisher Navoiy, Za hiriddin Bobur va boshqa ko‘plab ajdodlarimizning milliy va ma’na viy merosi xalqimizga qaytarildi, tavallud topgan kunlari butun mam la kat bo‘yicha nishonlandi, ruhlari shod etildi, asarlari nashr etildi. Ularning ma’naviy merosi bugungi kunda xalqimizga yangi ja miyat qurishda ma’naviy kuch-qudrat bag‘ishlamoqda,jamiya timizni ma’ na viy yuksaltirishga xizmat qilmoqda.
Tarixiy xotiraning tiklanishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Jamiyat ma’naviyatini yuksaltirishda tarixiy xotira, ajdodlar tarixini bilish, milliy-axloqiy qadriyatlar hamda an’analar va muqaddas dinimizning o‘rni va ahamiyati katta. Biron-bir xalq o‘z tarixini bilmay, asrlar osha yaratilgan ma’naviy merosga tayanmay va uni yanada rivojlantirmay turib o‘z kelajagini tasavvur eta olmaydi. Shu bois, mustabid tuzum davrida xalqimizning soxtalashtirilgan tarixi ni xolisona, haqqoniy yoritish, barcha o‘quv mas kan lari da Vatan tarixini o‘qitish borasida muhim tadbirlar amalga oshirildi. O‘zbek xalqi va o‘zbek davlatchiligi tarixini, tariximizning boshqa sahifalarini xolisona ilmiy asosda yoritish vazifalari Prezident I.A. Karimovning bir guruh tarixchilar bilan 1998-yil iyun oyida bo‘l gan suhbatida, Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 27-iyulda qabul qilin gan «O‘zbekiston Respublikasi fanlar Akademiyasi tarix instituti faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida»gi qarorida belgilab berildi. Mustaqillik yillarida Vatanimiz tarixini yoritish va o‘rganish masalalari partiyaviy, sinfly yondashuvlardan, hukmron kommunistik mafkura ta’siridan xalos etildi. Necha 10 yillar davomida buzib ko‘rsatilgan yoki so‘z yuritilmay kelgan tarixiy voqealarni xolislik,tarixiylik, haqqoniylik tamoyillari asosida yoritgan qator ilmiy asarlar, darsliklar va o‘quv adabiyotlari yaratildi, nashretildi. Prezident farmoni bilan 1996-yil «Amir Temur» yili, deb e’lon qilindi. Amir Temur tavalludining 660 yilligini nishonlashga bag‘ishlan gan tadbirlar O‘zbekistonda, dunyoning 50 dan ortiq mamlakat Karimov I.A. O‘zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. UNESCO qarori bilan Sohibqiron yubileyi jahon miqyosida nishonlandi. Parijda Amir Temurga bag‘ishlangan madaniyat haftaligi, «Temuriylar davrida fan, madaniyat va maorifning gullab-yashnashi» mavzuyida xalqaro konferensiya va ko‘rgazmalar bo‘lib o‘tdi. Toshkent shahrida Amir Temurga haykal qo‘yildi, Temuriylar tarixi davlat muzeyi tashkil etildi, uning nomi bilan bog‘liq tarixiy yodgorliklar ta’mirlandi. 1999-yilda vatanparvar siymo, xalq qahramoni Jaloliddin Mangu berdi tavalludining 800 yilligi, o‘zbek xalqi dahosi yaratgan Alpomish dostonining 1000 yilligining nishonlanishi, Urganch va Termizda ular xotirasiga barpo etilgan yodgorlik majmuasi jamiyat ma’naviyati ni yuksaltirishga, milliy ong va milliy g‘ururni ko‘tarishga xizmat qilmoqda. Vatanimiz ozodligi yo‘lida shahid ketgan Abdulla Qodiriy, Cho‘lpon, Fitrat, Usmon Nosir va boshqa xalq jigarbandlarining nomi hurmati o‘z joyiga qo‘yildi, asarlari chop etildi. Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan Toshkentda mustamlakichilik davri qurbonlari xotirasini abadiylashtirish maqsadida 2000-yilda «Shahidlar xotirasi» yodgorlik majmuyi, 2002-yilda «Qatag‘on qurbonlari xotirasi» muzeyi, xalqimiz ning fashizmga qarshi janglarda jon fido etgan farzandlari xotirasini abadiylashtirish maqsadida 1999-yil da Toshkentda «Xotira maydoni» majmuasi barpo etildi. Har yili 9-may kuni mamlakatimizda «Xotira va qadrlash kuni» sifatida nishon lan moqda. 1997-yilda Buxoro va Xiva shaharlarining 2500 yilligi, 2002-yilda Termiz shahrining 2500 yilligi va Shahri sabz shahrining 2700 yilligi, 2006-yilda Qarshi (Naxshab) shahrining 2700 yilligi, 2007-yilda Samarqand shahrining 2750 yil ligi va Marg‘ilon shahri ning 2000 yilligi, 2009-yilda Toshkent shahri ning 2200 yilligi nishonlandi. Bu tadbirlar xalqimizda milliy ongni yuksaltirishga, tarixiy xotira ning tiklanishiga, yoshlarni milliy istiqlol g‘oyalari ruhida tarbiyalash ga xizmat qilmoqda.
Diniy va milliy qadryatlarning tiklanishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mustaqillik sharofati bilan diniy qadriyatlar tiklandi. Ramazon hayiti, Qurbon hayiti, qadimiy xalq bayrami Navro‘z qayta tiklan di, bu kunlar Prezident Farmoniga asosan dam olish, bayram kuni maqomida nishonlanmoqda. Mu sul mon lar O‘zbekiston xalqi tarixida birinchi marta bevosita hukumat homiy ligida har yili Haj va Umra amallarini adoetish imkoniyat lariga ega bo‘ldilar. Prezident Farmoni asosida tashkil etilgan «Ma’na viyat va ma’rifat» jamoatchilik markazi, «Oltin meros» xalqaro xayriya jam g‘armasi jamiyatning ma’naviy-ma’rifiy ravnaqi yo‘li da xizmat qil moqda. Respublikada 17 diniy konfessiya ro‘yxatga olingan va rasman faoliyat ko‘rsatmoqda. 170 dan ortiq diniy tashkilotlar ishlab turibdi va ularda O‘zbekistonda yashovchi 130 dan ortiq millat va elat vakillari o‘z lari ning diniy ehtiyojlarini qondirmoqdalar. 1,7 mingdan ortiq mas j idlar, xristian ibodatxonalari, sinagoglar va boshqa diniy markazlar ta’mirlandi va yangidan qurildi. 10 ta diniy ta’lim muassasasi faoliyat ko‘rsatmoqda. 1999-yilda Toshkentda Islom universiteti ochildi. O‘zbekiston hududida xalqimizning ulug‘vor va shonli tarixiga oid 2000 dan ortiq yodgorliklar ta’mirlandi. O‘zbek xalqining ming yillar davomida shakllangan, mustamlakachilik davrida oyoq-osti qilingan urf-odatlari va an’analari, madaniy qadriyatlari ehtiyotlab tiklandi va yangi ma’no-mazmun bilan boyitildi. Maqomchilar, to‘y-marosim qo‘shiqlari, shoir-baxshilar va folklor-etnografik dastalarining o‘nlab ko‘rik-tanlovlari o‘tkazildi. Pianinochi va skripkachilarning simfonik va kamer musiqalari, zamonaviy estrada guruhlarining festival va tanlovlari bo‘lib o‘tmoqda. Mamlakatimizda o‘zbek tilining xalq va davlat turmushidagi o‘rni va ahamiyati qayta tiklandi. Davlat tili haqidagi qonunda o‘zbek tili o‘zbek xalqining ma’naviy mulki ekanligi, uning ravnaqi, qo‘llanilishi va muhofazasi davlat tomonidan ta’minlanishi belgilab qo‘yildi. Oliy davlat hokimiyati, mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlarida, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarda ish yuritish asosan, o‘zbek tilida olib borilmoqda. Respublikamizning ma’muriy-hududiy birliklari, ko‘chalari, geografik o‘rinlarning nomlariga yagona milliy shakl berildi va o‘zbek tilida yozib qo‘yildi. Natijada o‘zbek xalqining milliy qadr-qimmati qayta tiklandi va mustahkam landi. Shuningdek, O‘zbekistonda istiqomat qilayotgan barcha millat va elatlarning tillari, qadr-qimmati ham o‘z o‘rniga qo‘yilgan.
Ta’lim ravnaqi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ma’naviv-ma’rifiv sohadagi yutuqlarimiz ta’ lim tizimidagi tub o‘zgarishlarda yaqqolnamo yon bo‘lmoqda. Xalq ta’limini isloh qilish, kadrlar tayyorlash tizimini mustahkamlash sohasida muhim chora-tadbirlar amalga oshirildi. Yangi oliy o‘quv yurtlari tashkil etilib bilimlarning yangi tarmoqlari bo‘yicha kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yildi. Oliy ta’lim tizimidagi 16 universitetning 12 tasi mustaqillik yillarida tashkil etildi. Mustaqillik yillarida eng zarur zamonaviy mutaxassisliklar bo‘yicha o‘nlab yangi oliy o‘quv yurt lari, Mudofaa vazirligi qoshida Harbiy aka demiya, Ichki ishlar vazirligi qoshida Ichki ishlar akademiyasi, Bank-moliya akademiyasi, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Toshkent Islom universiteti, Navoiy tog‘-konchilik instituti, Toshkent Moliya insti tuti va boshqalar tashkil etildi. Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan ta’limni tubdan isloh qilish yo‘llari ishlab chiqildi. 1997-yil 27-avgustda Oliy Majlisning IX sessiyasida O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida» qonuni va «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» qabul qilindi. Milliy dasturning maqsadi ta’lim sohasini tubdan isloh qilish, uni o‘tmishdan qolgan mafkuraviy qarashlar va sarqitlardan to‘la xalos etish, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida, yuksak ma’ naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash milliy tizimini yaratishdan iboratdir. Milliy dasturida ta’lim islohotlarini uch bosqichda amalga oshirish nazarda tutildi. Birinchi bosqich (1997-2001 yillar)da mavjud kadrlar tayyorlash tizimining ijobiy salohiyatini saqlab qolish asosida ushbu tizimni isloh qilish va rivojlanishi uchun huquqiy, ilmiy-uslubiy, moliyaviy moddiy shart-sharoitlar yaratish vazifalari ro‘yob ga chiqarildi. Ikkinchi bosqich (2001–2005-yillar)da milliy dastur to‘liq ro‘yobga chiqarildi, mehnat bozorining rivojlanishi va mavjud ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarni hisobga olgan holda dasturga aniqliklar kiritildi. Uchinchi bosqich (2005 va undan keyingi yillar)da to‘plangan tajribani tahlil etish va umumlashtirish asosida mamlakatni ijtimoiy iqtisodiy rivojlantirish istiqbollariga muvofiq kadrlar tayyorlash tizimi takomillashtirildi va rivojlantirildi. Kadrlar tayyorlash Milliy dasturida belgilangan vazifalarni bajarish umumxalq, umummillat ishiga aylandi. 2001-yilda Kadrlar tayyor lash Milliy dasturini amalga oshirishning birinchi bosqichi yakunlandi. 2001-yilda respublikamizda 6 742 ta maktabgacha ta’lim muassasalarida 608 500 nafar o‘g‘il-qizlar tarbiyalandi. Ularda 65 862 nafar pedagog, tarbiyachi va boshqa xodimlar xizmat qildi. 9727 ta umumta’ lim maktablarida 440 762 nafar o‘qituvchi 6,3 mln o‘quvchiga ta’lim berdi. Umumiy o‘rta ta’lim bo‘yicha barcha o‘quv fanlaridan Davlat ta’ lim standartlari ishlab chiqildi va ular 346 ta maktabda tajribadan o‘tkazildi, ta’lim jarayoniga joriy etildi. Davlat ta’lim standartlariga mos o‘quv dasturlari va darsliklari yaratildi. 2004-yil 19-fevraldagi Prezident Farmoni va 2004-yil 9-iyul dagi Vazirlar Mahkamasi qarori asosida maktab ta’limini rivojlan tirish Davlat umummilliy dasturi ishlab chiqarildi. Dasturga binoan 2004- 2013-yillarda 9 765 maktabning 4 147 tasida qurilish-ta’mirlash ishlari amalga oshirildi va 3 225 ta maktab rekonstruksiya qilindi. 424 yangi maktab, sport zallari qurildi. Ayni paytda, maktablarni o‘quv laboratoriya jihozlari, mebellar, kompyuter texnikasi bilan ta’mirlash ga alohida e’tibor qaratilmoqda. O‘quvchilar darslik va o‘quv qo‘llanmalari bilan ta’minlanmoqda. 1-sinfga qabul qilingan o‘quvchilar ga Prezident sovg‘asi sifatida 12 nomdagi o‘quv qurollari va o‘quvchi sumkasidan iborat sovg‘alar topshirilmoqda. Kadrlar tayyorlash Milliy dasturining eng muhim, O‘zbekistonga xos xususiyati yangi turdagi 3 yillik o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi tizimini yaratishdir. 1997–2012-yillar davomida zamonaviy o‘quvlaboratoriya uskunalari bilan jihozlangan 1 537 ta akademik litsey va kasb-hunar kolleji barpo etildi. Davlat ta’lim standartlari, o‘quv dasturlari ishlab chiqildi, amaliyotga kiritildi va darsliklar yaratildi.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Q.USMONOV, M. SODIQOV S.BURXONOVA. O`zbekiston tarixi. Toshkent«IQTISOD-MOLIYA» 2016