Kontent qismiga oʻtish

Foydalanuvchi:Elshod3118/O‘zbekiston va AQSH aloqalari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

O‘zbekiston va AQSH aloqalari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

O‘zbekiston bilan Amerika Qo‘shma Shtatlari o‘rtasida davlatlararo aloqalar mustaqil likning dastlabki yillaridayoq yo‘lga qo‘yildi. 1992-yil 15–16-fevral kunlari AQSH Davlat kotibi Jeyms Beyker O‘zbekistonga rasmiy tashrif buyurdi va ikki davlat o‘rtasida diplomatik aloqalar o‘rnatildi. 1992-yil 16-mart kuni Toshkentda birinchi bo‘lib AQSHning elchixonasi ochildi. 1993-yil 14-sentabrda AQSH Davlat departamentining maxsus topshiriqlar bo‘yi cha elchisi Strob Talbot O‘zbekistonda bo‘ldi va O‘zbekiston Prezidenti bi lan hamkorlik qilish masalalarida suhbatlashdi. 1995-yil 6-aprelda AQSH Mudofaa vaziri Uilyam Persi O‘zbekistonga keldi, O‘zbe kis ton ning NATO «Tinchlik yo‘lida hamkorlik» dasturida ishtiroki muhokama qilindi. AQSH armiyasi o‘quv-mashq markazida tinchlikni ta’minlash maqsadida o‘tkazilgan harbiy mashqlarda O‘zbekiston qurolli kuchlari bo‘linmasi ishtirok etdi. O‘zbekiston bilan AQSH o‘rtasida sarmoyalarni rag‘batlantirish va o‘zaro himoya qilish to‘g‘risida, ikki yoqlama soliq olmaslik to‘g‘risida shartnomalar tuzilgan. Toshkent– Nyu-York o‘rta si da bevosita havo yo‘li ochildi. O‘zbekistonda 1996-yil boshlarigacha Amerikalik sarmoya dorlar ishtirokida 200 ta o‘zbek–amerika qo‘shma korxonalari tashkil top di va faoliyat ko‘rsatdi. Bular orasida Navoiy viloyati Zarafshon vodiysidagi Muruntovda AQSHning «Newmont Mayning» Korporatsiyasi bilan ham korlikda tog‘ jinslaridan oltin va kumusb ajratib oluvchi «Zarafshon–Newmont» qo‘shma korxonasi barpo etildi. Bu korxonada 2002-yil ga cha 83 tonna oltin tayyorlandi. O‘zbekiston Prezidenti I. Karimovning 1996-yil 23–28-iyun kunlarida AQSHda bo‘lishi O‘zbekiston va Amerika munosabatlarini yangi pog‘onaga ko‘tardi. I. Karimov AQSH Prezidenti B. Klinton bilan uchrashdi. Ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlarni chuqurlash tirish, tomonlar manfaatiga daxldor bo‘lgan siyosiy, iqtisodiy, xavfsizlik masalalari muhokama etildi. I. Karimov bilan B. Klinton uchrashuvi ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlarga siyosiy zamin hozirladi. 1996-yil 25-iyun kuni O‘zbekistonning AQSHdagi elchixonasi ochildi.2001 yilda O‘zbekistonda AQSH bilan hamkorlikda amalga oshiri la yotgan loyihalar soni 70 tadan ortdi. AQSH sarmoyasi ishtirokida respublikainizda barpo etilgan 305 ta qo‘shma korxona sa noat, qishloq xo‘jaligi, to‘qimachilik, gaz-kimyo, neft, oltin qazib olish, transport, kommunikatslya va ta’lim sohalarida samarali faoli yat ko‘rsatmoqda. «Za raf shon–Newmont», «O‘z-Texaco», «O‘z-keys mash», «O‘zkeystrak tor», «O‘z-Eksayd», «BiEyAy»ning Xo‘ja obod gaz ombori qurilishi, «ABB Lummus Global» bilan hamkorlikdagi Sho‘rtan gazkimyo majmuasi shular jumlasidandir. O‘zbe kiston ning AQSH bilan savdo aylanmasi 300 min AQSH dolliardan oshdi. 2001-yil 11-sentabr kuni xalqaro terroristlar AQSHda sodiret gan fojiali voqealar paytida O‘zbekiston birinchilardan bo‘lib, AQSH hu kumatining xalqaro terrorizmga qarshi aksilterror kaolitsiya tuzish haqidagi taklifi tarafdori bo‘lib chiqdi. 2002-yil 11-14-mart kunlari O‘z bekiston Prezidenti Islom Karimov boshliq davlat delegatsiyasi Prezi dent Jorj Bush taklifiga binoan rasmiy davlat tashrifi bilan AQSHda bo‘ldi. AQSH Prezidenti J. Bush va martabali hukumat va kil lari Islom Karimovni Oq uyda obro‘-e’tiborli mehmon sifatida kutib oldi. Tomonlar xalqaro ahvol, Markaziy Osiyodagi jarayonlar, xalqaro terrorizmga qarshi kurash, harbiy va harbiy-texnikaviy, iq ti so diy hamkorlik masalalarida fikr almashdilar. Tashrif yakunida «O‘zbekiston bilan AQSH o‘rtasida o‘zaro sheriklik va hamkorlik asos lari to‘g‘risida deklaratsiya», ilmiy-texnikaviy tadqiqot lar, yadroviy ma teriallar va texnologiyalar tarqalishining oldini olish da hamkorlik, moliya, qishloq xo‘jaligiga oid qator hujjatlar imzolandi. AQSHni sinovli damlarda qo‘llab-quvvatlagani uchun Prezidentimiz Islom Karimov Amerika jamoatchiligi tomonidan «Xalqaro miq yosdagi lider» mukofoti bilan taqdirlandi. Bu mukofot Amerika xalqining O‘zbekiston xalqiga hurmat-e’tiborining timsolidir.

Q. USMONOV, M.SODIQOV. BURXONOVA. O`zbekiston tarixi. Toshkent «IQTISOD-MOLIYA»2016