Alexander Dubček
Alexander Dubcek | |
---|---|
Chexoslovakiya Kommiteti partiyasi a`zosi | |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi | 1921-yil 27-noyabr |
Vafoti | 1992-yil 7-noyabr |
Alexander Dubček (1921-yil 27-noyabr, Slovakiya — 1992-yil 7-noyabr, Praga) — Chexoslovak davlat va jamoat arbobi. U duradgor oilasida tavallud topgan. 1925-yili ota-onasi bilan birgalikda 300 nafar chexoslovak kommunist-baynalmilalchilar safida Sovet Ittifoqiga koʻchib kelgan.
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Alexander Dubček 47 yoshida XX asr tarixiga nomdor shaxslardan biri sifatida kirgan. Dubček 1968-yilning 21-avgustida KGB ofisserlari tomonidan hibsga olingan[1]. Bolalik yillarini otasi Stefan Dubček bilan birgalikda Sovet Ittifoqida muhojir sifatida oʻtkazgan. Dubcek Qirgʻizistonda taʼlim olgan. 1938-yilda Dubčeklar oilasi Chexoslovakiyaga qaytib kelishgan. Alexander Dubček bir yildan soʻng yaʼni 1939-yilda Chexoslovakiya Kommunistik partiyasiga aʼzo boʻlgan. 1938—1941-yillarda chilangarning shogirdi va mashinalarni taʼmirlash boʻyicha chilangar boʻlib faoliyat yuritgan. Nemis-fashist bosqinchilariga qarshi Slovak milliy qoʻzgʻalonida qatnashgan va ikki marta yarador boʻlgan. 1941—1944-yillarda Vag boʻyidagi Dubnisa shahridagi Shkoda zavodida vaqtinchalik temirchi boʻlib ishlagan. 1945—1949-yillarda Trenchin shahridagi xamirturush zavodida ishlagan. 1955-yilda Moskvada Oliy partiya maktabida oʻqigan. 1958-yilda Bratislava shahrida CHKP viloyat qoʻmitasining bosh kotibi va Slovak, Chexoslovakiya Kommunist partiyalarining Markaziy Kommitet aʼzosi boʻlib faoliyat yuritgan. 1960—1968-yillarda MK kotibi, MK Prezidiumi aʼzosi, CHKP MK birinchi kotibi lavozimlarini egallagan. 1968-yilning yanvar oyidan 1969-yilning aprel oyiga qadar Chexoslovakiya KP MK Birinchi kotibi sifatida faoliyatini davom ettirgan. 1967-yilning oktyabrida Pragada Markaziy Kommitet yigʻilishida Slovakiyaning iqtisodiy ahvoli haqida nutq soʻzlagan. Aynan shu yili qisqa muddatga ishidan ayrilgan. Dubcek „Praga bahori“ nomi bilan kirgan Chexoslovakiyadagi oʻzgarishlar jarayonining tashabbuskorlari va rahbarlaridan biri hisoblangan. 1969-yilda Chexoslovakiya Federal kengashini boshqargan. 1970-yilda Chexoslovakiya KPdan oʻchirilgan. Alexander Dubček 1989-yilning oxirlarida V.Gavel bilan birgalikda Chexoslovakiyadagi „Baxmal inqilobi“ning faol ishtirokchilaridan biri boʻlgan. 1989-yilning dekabridan boshlab Chexoslovakiya Federal kengashining raisi lavozimida faoliyatini davom ettirgan[2].
Praga bahori
[tahrir | manbasini tahrirlash]„Praga bahori“ yanvarda boshlangan. Dubček mamlakatning xarizmatik yetakchisi boʻlib qolgan. 1968-yilda Pragada „Birinchi may“ namoyishi eʼlon qilingan. Dubček butun kollonasi bilan birgalikda Vaslav maydoni tomon borgan. Ukrainaning oʻsha paytdagi prezidenti Shelest Dubčekka qarata shunday degan: „Galisiya yahudiysi bizga hamkor emas“. Bu gapga javoban Dubček va butun chex delegatsiyasi oʻrnidan turishgan va zalni tark etishgan[3].
Dubček sotsializm va uni qurishga Moskva yoʻl qoʻyib berishiga ishongan. 1968-yilda „Sotsialistik Chexoslovakiya“ jurnalining suratlar bilan bezatilgan sonlari SSSRda bozori chaqqon boʻlgan.
Vafoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Pragadagi Bratislava trassasining 88-kilometrida sharros yogʻayotgan yomgʻir Dubčekning mashinasini yoʻldan chetga irgʻitib yuborgan. Vrachlar ikki oydan ziyodroq uni qutqarishga harakat qilishgan. Biroq, Dubček 1992-yil 7-noyabrda avtomobil halokati natijasida olingan jiddiy shikastlar taʼsirida vafot etgan. Uning vafotidan ikki oy ham oʻtmasdan Chexoslovakiya ikkita mustaqil davlatga Chexiya va Slovakiyaga boʻlinib ketgan[4].
„Shunday siyosat olib borish kerakki, sotsializm oʻzining insoniy qiyofasini yoʻqotmasin“ (Alexander Dubček).
Alexander Dubčekning rafiqasi Anna 1990-yilda vafot etgan. Ularning 3 nafar farzandlari boʻlgan. Ular Pavol, Peter va Milan. Pavol jarroh boʻlgan. Peter va Milan iqtisodchi sifatida faoliyat yuritishgan. Dubček va Annaning birinchi farzandi Pavol hali ham hayotda ekanligi haqida maʻlumot mavjud.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „XX asr: taqdirlarda aks etgan tarix (Shuhrat Ergashev)“. kitobxon.com. 2024-yil 20-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 23-iyul.
- ↑ „Alexander Dubček“. britannica.com. 2024-yil 19-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 23-iyul.
- ↑ „The Prague Spring: Dubček, the Media, and Mass Demoralisation“. wilsoncenter.org. 2024-yil 10-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 23-iyul.
- ↑ „ZECH LEADER ALEXANDER DUBCEK DIES“. washington.post.com. 2023-yil 2-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 23-iyul.