Kontent qismiga oʻtish

Foydalanuvchi:Navruzbek1202/Maqom

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

MAQOM (arab. — joy, makon, o‘rin) — musulmon Sharqi musiqasida asosiy tushunchalardan biri. Dastlab mu-ayyan balandlikdagi tovushni hosil etish uchun torli cholg‘uning dastasida barmoq b-n bosiladigan joy, parda ma'nosida ishlatilgan. Keyinchalik Sharq musiqa nazariyasi rivojlanishi jarayonida Maqomning mazmun doirasi to-bora kengayib, bir-biriga nisbatan bog‘liq boshqa ma'nolarni ham anglata boshladi: lad tuzilmasi, lad tizimi; muayyan pardalar zaminida vujudga kelgan kuy-ohanglar; shakl, janr; bir qismli yoki turkumli cholg‘u va ashula yo‘llari; musiqiy uslub va b. M. larga oid nazariy va musiqiyestetik masalalar Abu Yusuf Yoqub ibn Is’hoq al-Kindiy va Forobiy (9—10-a.), Ibn Sino va Ibn Zayla (11-a.), Safiuddin al-Urmaviy (13-a.), Mah-mud ashSheroziy va Abdulqodir Marog‘iy (14-a.), Jomiy va Zaynulobiddin Husayniy (15a.), Najmiddin Kavkabiy Buxoriy (16a.), Darvishali Changiy (17-a.) va b. olimlarning musiqiy risolalarida tadqiq etilgan. Yaqin va O‘rta Sharq mumtoz musiqa nazariyasida 13-a. ga qadar Maqomlar soni aniq belgilanmagan. Safiuddin al-Urmaviy Maqom nomlaridagi parda tuzilmalarini ilmiy tasniflab, O‘n ikki maqom tizimini ishlab chiqqan. Ushbu tizim birmuncha takomillashtirilgan holda qariyb 17-a. ga qadar qo‘llanib kelingan. O‘n ikki maqom negizida keyinchalik har xil milliy hamda mintaqaviy Maqom turlari va turkumlari vujudga keldi. Bular o‘zbek va tojiklarda Maqom deyilsa, turkman va uyg‘urlarda muqom, eron xalqlari, ozarbayjon va armanlarda murom yoki dastgoh, turklarda makam, arab xalqlarida maqam shaklida talaffuz qilinadi. Xalqchil, milliymahalliy an'analar ta'siri ostida Maqom larning musiqiy va ijroviy xususiyatlari yangi xislatlar bilan boyigan holda umumiy soni, nomlanishi, tartibi hamda tuzilishida muayyan mushtaraklik va tafovutlar mavjud.