Foydalanuvchi:Xushbaqova MAftunabonu/qumloq
Favra - Rakusho kasalligi | |
---|---|
Favra-Rakusho kasalligi – sariq papulalar, pilakchalar, komedonlar va kistalar paydo boʻlishi bilan namoyon boʻladigan biriktiruvchi to‘qimaning degenerativ kasalligidir. Kasallik belgilari terida koʻzga tashlanadi.
Kasallik dastlab fransuz dermatologlari Favra va Rakusho tomonidan aniqlangan[1].
Epidemiologiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Kasallik koʻproq keksa odamlarda uchraydi. Kasallik erkaklarda ayollarga nisbatan bir necha barobar koʻp kuzatiladi.
Etiologiyasi va patogenezi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Hozirgi vaqtda Favra – Rakusho kasalligining patogenezi va etiologiyasi nomaʼlum. Taxminlarga koʻra, kasallik rivojlanishida asosiy omil kuchli ultrabinafsha nurlanish hisoblanadi. Buning natijasida elastin degeneratsiyaga uchrab, epidermisda oʻzgarishlar yuz beradi[2].
Klinik manzarasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Kasallik sariq rangli papulalar va pilakchalarning paydo boʻlishi bilan namoyon boʻladi. Asosan chakka, yonoq, peshona, koʻz atrofi, qoʻl kafti va bilak orqa qismlarida yalligʻlanmaydigan qora rangli ochiq komedonlar vujudga keladi. Kasallik rivojlanish davomida zararlangan joylardagi teri qalinlashib, koʻplab mayda, aksariyat hollarda bir-biriga qoʻshilib ketuvchi keratin bilan toʻlgan tugunlar hosil boʻladi[1].
Diagnostikasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Kasallikka anamnez va klinik manzarasi asosida tashxis qoʻyiladi. Kamdan kam hollarda biopsiya usuli qoʻllaniladi[3].
Differensial diagnostikasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Differensial diagnostikasi quyidagi kasalliklar bilan oʻtkazilishi kerak:
- Kollloid miliyar pufakchalar
- Vulgar akne
- Xlorakne
- Komedon nevusi
- Iringoma
- Diffuz elastoma Dyubrey
- Trixoepitelioma
- Kechki teri porfiriyasi[3].
Davolash
[tahrir | manbasini tahrirlash]Favra-Rakusho kasalligini davolash qiyin. Ogʻir holatlarda konservativ terapiya qoʻllaniladi. Bunda retinoidlar va tizimli glyukokortikoidlardan foydalaniladi. Kichik oʻlchamdagi komedonlar uchun retinoidlar samarali hisoblanadi. Ikkilamchi infeksiyalar uchun antibiotiklar qoʻllash tavsiya etiladi. Pilakchalar jarrohlik usuli bilan olib tashlanadi, ammo kasallik tez-tez qaytalanib, chandiqlar hosil boʻlishiga olib keladi[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 1,2 Федеральные клинические рекомендации. Дерматовенерология: Болезни кожи. Инфекции, передаваемые половым путем. Деловой экспресс, 2015. ISBN 978-5-89644-123-6.
- ↑ Большая Медицинская Энциклопедия. 3 издание — 26 том-bet.
- ↑ 3,0 3,1 A. Paganelli, V. D. Mandel, S. Kaleci, G. Pellacani, E. Rossi. Favre-Racouchot disease: systematic review and possible therapeutic strategies // Journal of the European Academy of Dermatology and Venereology: JEADV. — 2019-01. — Т. 33, вып. 1. — С. 32–41. — ISSN 1468-3083. — DOI:10.1111/jdv.15184. Архивировано 11 sentyabr 2021 года.