Fozil Samurroiy
Fozil Samurroiy – Qur'on uslubini juda goʻzal tarzda tushuntira oladigan, nahv sir-asrorlarini hozirgi kun oʻquvchisiga-da anglata olgan ulugʻ olim. Olimning toʻliq ismi: Abu Muhammad Fozil ibn Solih ibn Mahdiy ibn Xolil al-Badriy boʻlib, Badriy nisbasi u mansub boʻlgan Samurro urugʻlaridan birining nomidir.
Olim 1933-yil iqtisodiy jihatdan oʻrtahol, ijtimoiy va diniy holati esa ancha katta boʻlgan oilada tugʻilgan. Juda kichikligidan otasi Samurroda joylashgan Hasan Posho masjidiga Qur'onni ta'lim olish uchun olib borgan. Ana oʻshanda bu kichik bolakayning oʻtkir zehni namoyon boʻlgan.
Maktab ta'limini Samurroda tugatgan Fozil koʻhna va ulugʻvor Bagʻdodga — muallimlar tayyorlash kurslariga kirish uchun yoʻl oladi. Bu kursni 1953-yili bitiradi. Barcha fanlarni yaxshi oʻzlashtirib, 1953-yilning oʻzida Balad shahridagi maktabga muallim etib tayinlanadi. Keyinchalik Oliy oʻqituvchilar institutining arab tili yoʻnalishi tarbiya fakultetida oʻqishini davom ettirib, imtiyozli bakalavr darajasiga erishadi. 1968-yili esa doktorlik maqomini oladi. Fozil Samurroiy 1999-yildan beri Shariqo Universitetida nahv va qur'oniy ibora fanlaridan dars berib kelyapti. Qur'oni karim e'jozini bayon qiluvchi televizion "Bayoniy urinishlar" koʻrsatuvining (ko‘rsatuv ayni damda tarjima qilinayotgan kitob bilan bir xil) mehmonlaridan hisoblanadi.
Asarlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- "Ruh nidosi"; - "Qur'oniy ibora"; - "Qur'oniy iborada soʻzlarning balogʻati"; - "Bayoniy tafsir yoʻlida"; - "Nahv ma'nolari".
Izohlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Samurro: Dajla daryosining sharqiy qirgʻogʻi, Salohiddin muhofazotida joylashgan tarixiy shahar. Poytaxt boʻlmish Bagʻdoning shimolida 125 kilometr uzoqlikda joylashgan. Shaharning qadimiy ismi "Surro man ro:a (سر من رأى)" boʻlgan. Ya'ni, koʻrgan kishini xursand etdi, degan ma'noda. Bu shaharni 835-milodiyda xalifa Moʻtasim billah oʻz davlatining poytaxti qilish niyatida bunyod etgan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Balad shahri (https://ar.wikipedia.org/wiki/%D8%A8%D9%84%D8%AF_(%D9%85%D8%AF%D9%8A%D9%86%D8%A9))[sayt ishlamaydi] Bagʻdodning shimolida, Salohuddin muhofazotida joylashgan shahardir.
Shariqo Universiteti (https://ar.wikipedia.org/wiki/%D8%AC%D8%A7%D9%85%D8%B9%D8%A9_%D8%A7%D9%84%D8%B4%D8%A7%D8%B1%D9%82%D8%A9) 1997-yili Shayx Doktor Sulton ibn Muhammad al-Qosimiy boshchiligida ta'sis etilgan. Birlashgan Arab Amirliklari Shariqo amirligida joylashgan.
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |